101
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari
O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar.
Dars ta’limning asosiy
shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida
olib boriladigan savod
o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishi, o’quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib
qo’ymasligi kerak.
Savod o’rgatish davridagi o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari
uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud:
1. Umumdidaktik talablar:
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo’lib,
unda bironta axloqiy sifat
o’stirilishi lozim;
b) darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o’quvchilar darsda qanday yangilikni
bilishi, nimani o’rganishi, qanday ko’nikma va malakalar o’stirilishi,
o’quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo’lishi
aniq belgilab
olinishi kerak;
v) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi
va keyingi darslar bilan
bog’liqligi aniq belgilab olinishi zarur;
g) o’tiladigan materialning xarakteri va ta’lim maqsadidan kelib chiqib dars
uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar
va vositalar tanlanishi lozim;
d) dars davomida o’quvchilarga differentsial va individual yondashish, ishni
barcha o’quvchilarning imkoniyati, bilimi, ko’nikma
va malakasi hamda fikrlash
faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak;
e) o’quvchilarni aqliy mehnat (o’qish) usullariga o’rgatish, ularda maktabda
o’qish uchun kerakli ko’nikmalarni hosil qilish zarur;
yo)
beriladigan material ilmiy, o’quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo’lsin va
hok.
Dostları ilə paylaş: