55
Tayyorgarlik davri o’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda
bolalarda o’zgalar nutqini eshitish, diqqatni to’plash, til birliklarini (tovush, bo’g’in,
so’z, gap) farqlash,
ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar
shakllantiriladi. Bular o’quvchilarning o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga
yordam beradi.
O’qishga o’rgatish uchun, avvalo, o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi
tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish
tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga
oshirilishi mumkin:
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli
hikoya
tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida
yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
2. So’z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o’rganiladigan tovush ajratib
olinadi. Masalan:
oy.
O’qituvchi
oy
rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini -
so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni
cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar
o
tovushini aytgach,
uning xususiyalari haqida savol-javob o’tkaziladi.
O
tovushli so’zlar o’ylab
toptiriladi. SHundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko’rsatiladi.
Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
3. O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi,
bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi
bu harf
ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar.
SHu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan
ko’rsatadilar. SHu tariqa tovush-harf
bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish ustida
ishlanadi.
O’qishga o’rgatishda bo’g’in asos qilib olinadi. Buning uchun o’qituvchida
bo’g’in jadvali bo’lishi lozim. Bo’g’in jadvali asosida o’qish namunasi ko’rsatiladi,
ya’ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko’z bilan ko’rib, uning nomini dilda
saqlab, ikkinchi harfni ko’rish va ikkalasini bog’lab, unlini mo’ljallab ulab aytish
tushuntiriladi. Bo’g’in o’qish o’qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har
56
bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi
chizmalardan foydalanish
mumkin:
ti: l bol ta sa
o no: n ta o rol lom
na la: b xal lim
a cho: y
Bunda “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarni oldin bo’g’inga bo’lish, so’ng o’qishni
mashq qilish yaxshi samara beradi. O’qituvchining namunali o’qishidan so’ng
birgalikda ovoz chiqarib o’qish, yakka-yakka o’qish, shivirlab o’qishdan
foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o’qiydigan o’quvchilar bo’lgan
sinflarda xor bilan
o’qitish o’qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o’quvchilarining o’qish
ko’nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so’zlarni xattaxtada bo’g’inlarga bo’lib
yozish, o’rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo’shimcha so’z birikmalari,
gaplar tuzib yozish va o’qitish usulidan ham foydalaniladi.
Ma’lumki, “Alifbe” sahifalarida bo’g’in tuzilishi murakkablashib boradi.
SHuning uchun o’qituvchi har bir bo’g’in tuzilishining murakkabligiga qarab ish
usullarni belgilab olishi zarur. Masalan,
uch tovushdan tuzilgan, to’rt tovushdan
tuzilgan bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish ham o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bunda
o-lov, Man-non
tipidagi bo’g’inlarda
Dostları ilə paylaş: