52
grafik xatolarini aniqlash o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya
qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda unli tovush-harflar o’rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch
xususiyatini o’quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim:
a) talaffuzda (og’izda) to’siqqa uchramasligi;
b) cho’zib aytilishi;
v) faqat ovozdan tashkil topishi.
SHuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda
tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya
qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi.
Tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid
o’ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz,
ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarning o’zlashtirishlarini hisobga
olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi.
Alifbo davri.
Bu davr 31 dekabrgacha davom etib, unda o’quvchilar alifbodagi
barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga
tamoyili asosida joylashtiriladi. O`quvchilar oldin unli tovushlar, keyin sonor
undosh tovushlar (
Dostları ilə paylaş: