47
gap va so`z, so`z va bo`g`in, tovush tushunchalarini shakllantirishda analitik metod
qo`laniladi.
Savod o`rgatishning alifbo davrining tovush va harf o`rganiladigan dars
bosqichida analitik metod qo`llaniladi. O`rganilgan tovushlar bilan bo`g`in hosil
qilish va o`qishda, bo`g`inlarni qo`shish va o`qishda sintetik metod qo`llaniladi.
Bunda ikki faoliyatning qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab mazkur metodlardan
biri tanlanadi.
Analitik metodda so`zdan yoki bo`gindan tovushni ajratish va uning o`rnini
aniqlash, tovushning xususiyatlari bilan tanishtirish, to`g`ri talaffuzi ustida ishlash,
o`rganilayotgan tovush ishtirok etgan so`zlarni farqlash, tovushning yozuvdagi
shakli – harf bilan tanishtirish ishlari amalga oshiriladi.
O`rganilgan harflar bilan bo`g`in hosil qilish va o`qish, bo`g`inlarni qo`shib
so`z o`qish, o`rganilgan tovush ishtirok etgan so`zlarni qatnashtirib gap tuzish
ishlari sintetik metodda amalga oshiriladi.
Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. SHu bois analitik-sintetik
tovush metodi an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida bo`lgan
tamoyillariga ega.
Dostları ilə paylaş: