42
tovush metodiga o’tildi. 1900 yillardan rus-tuzem maktabi o’zbekcha sinflarining
peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalana
boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni o’zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902
yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili
alifbesi - “Ustodi avval” nashr etildi. “Ustodi avval” nashr qilingandan keyin
o’zbekcha xat-savod o’rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod
o’rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o’qitishni osonlashtirdi, ta’limni
bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, ya’ni faol ta’limga aylantirdi.
“Ustodi avval” 3 bo’limdan iborat edi: 1-bo’lim, hozirgi atama bilan
ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo’limda arab alfavitidagi harflarni alfavit
tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini
harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda tizib chiqqan.
Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-savod o’rgatishni
qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil
shaklda qo’llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish o’rniga qarab turlicha
bo’ladigan harflarning so’z boshida, so’z o’rtasida, so’z oxirida va alohida yozilish
shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan,
Dostları ilə paylaş: