O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Savod o’rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   416
Savod o’rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili 
 
Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish 
o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatishning 
“hijjai qadimiy” deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o’zgarishsiz 
davom etib kelgan. 
Hijo usulida o’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin: 
1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (“harfiy metod”).
Bu metodning 
mohiyati quyidagilardan iborat bo’lgan: bir necha yildan beri o’qiyotgan bolalar 
maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og’zaki 
yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so’zlarining ma’nosini tushunmay, suralarni 
birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o’tgan. SHundan 


40 
keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har ikki tomoni randalanib 
silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh 
bilan 28 ta arabcha harfning yolg’iz shaklini alifbo tartibida bandlarga bo’lib yozib 
bergan. 
Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini 
alif, be, te, se
deb aytgan. 
Bola domlaga ergashib takrorlagan, ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni 
yaxshilab o’rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, 
ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va hok. Bolalar 28 harf nomini 5-6 oyda zo’rg’a 
bilib olganlar, ularning ko’pchiligi harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi 
be 
(ﺏ), qaysisi 
se
(ﺙ) ekanini ko’rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar 
yosh bolalarning eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli 
iboralar o’ylab topganlar (ﺍ-uzunchoqqina alif, ﺏ - bittagina 
be
, ﺕ - ikkitagina 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin