O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   416
O’qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi.
O’qish ham, yozish 
ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi 
o’quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. 
Kichik yoshdagi o’quvchini 
o’qish
ga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi: 
1. Bola o’qish paytida bitta harfni ko’radi, uni bilish uchun rasmlarni ko’z 
oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni 
aytishga oshiqadi, biroq o’qituvchi aytishga yo’l qo’ymaydi, undan bo’g’inni 
aytishni talab qiladi. O’quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan 
chiqib qoladi yoki ularni qo’shib bo’g’in, bo’g’indan so’z hosil qilguncha, o’qish 
jarayoni sustlashadi. 
2. Ko’pincha bola o’qiyotgan qatorni yo’qotib qo’yadi, harfni, bo’g’inni, so’zni 
qayta o’qishiga to’g’ri keladi. O’quvchining diqqati kengaygan sari bo’g’in va 
so’zni butunligicha idrok eta boshlaydi. 
3. O’qishni endi o’rganayotgan bola o’qiyotgan matn mazmunini 
o’zlashtirmaydi, chunki u so’zni qanday o’qishga ko’p kuch beradi. Darslikdagi 
rasmlar, o’qituvchining savollari, ko’rgazmali qurollar ularning ongli o’qishlarini 
ta’minlaydi. 
4. Tajribasiz kitobxon so’zni birinchi bo’g’iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu 
xato o’qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so’z bo’g’inlab 
o’qitiladi, so’zni bo’g’in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan 
analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. 
O’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o’quvchilarning idroki, xotirasi, 
tafakkuri va nutqini o’stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o’rgatishda 
fonematik eshitish qobiliyatlarini o’stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz qilishga, 
boshqa tovushlardan farqlashga o’rgatish, bo’g’in yoki so’zdan o’sha tovushni ajrata 
olish ko’nikmasini o’stirish muhim sanaladi. 


39 
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. SHu 
bois savod o’rgatish davrida eshitish idrokini o’stirish uchun ham maxsus xilma-xil 
mashqlar o’tkazib borish maqsadga muvofiqdir. 
Yozuv
jarayonida o’quvchilar ruchkani to’g’ri ushlashni, daftarni to’g’ri 
qo’yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo’ylab qo’lni harakatlantirishni 
esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig’ish-sig’masligini mo’ljallashi 
lozim. Bu jarayon o’quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning 
barmoq va yelka muskullari charchaydi. SHuning uchun ham darsda ikki-uch marta
daqiqali jismoniy mashqlar o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
Yozuv jarayonida o’quvchi ruchkani qog’oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan 
qimirlatadi, bir harfni yozib to’xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan 
chiqib ketadi, noto’g’rilarini bo’yab, to’g’rilaydi. Bunda u o’qituvchiga har 
daqiqada murojaat qiladi, uning qo’li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. 
Yozuv jarayoni o’quvchilarning ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. SHu 
sababli bu jarayonga o’qituvchi sabr-qanoat bilan katta e’tibor qaratishi juda muhim. 
Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan to’g’ri bo’lishi savodxonlikning yuksak 
belgisidir. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin