49
yoki bolalar bog’chasiga
boriladi, suhbat o’tkaziladi,
bolalarning umumiy bilim
saviyasi aniqlanadi.
Tanishish natijasini hisobga olish va nutqiy tayyorgarlikni o’rganish
uchun
quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:
1. O’qish ko’nikmasini aniqlash.
a) so’zni sidirg’a o’qiydi;
b) bo’g’inlab o’qiydi;
v) harflab o’qiydi (noto’g’ri o’qish);
g)
anchagina harflarni biladi, lekin o’qishni bilmaydi;
d) ayrim harflarni taniydi.
2. Yozuv ko’nikmasi.
a)
hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma);
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
v) yozishni umuman bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi;
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi;
v) hamma tovushni to’g’ri talaffuz qiladi;
g) ayrim tovushlarni noto’g’ri talaffuz qiladi (qaysi
tovushlar ekani hisobga
olinadi);
d) nutqining baland yoki pastligi, diktsiyasiga e’tibor qaratiladi.
4. Og’zaki bog’lanishli nutqi. SHe’rni yoddan o’qish.
a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
v) birorta she’rni yoddan o’qishni bilmaydi.
5. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
v) ertak aytishni bilmaydi, o’rganishga ham harakat qilmaydi.