O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Metodning an’anaviy tamoyillari quyidagilardan iborat



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   416
Metodning an’anaviy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1. Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish 
maqsadiga ko’ra ta’limiy va o’stiruvchi xarakterda bo’ladi, nutqiy mashqlar orqali 
aqliy o’sishini ta’minlaydi, o’qishning ongli bo’lishini talab etadi. 
2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga 
bo’linadi: 
a) alifbegacha tayyorlov davri; 
b) alifbo davri.
Bunda yozuvga o’rgatish o’qishga o’rgatish bilan parallel holda olib boriladi. 
3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan 
quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
a) savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga 
asoslanadi;


48 
b) savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz 
va sintez qilishga, tovushlar artikulyatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni 
rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; 
v) o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta ahamiyat 
beriladi. 
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonida bo’lgan tamoyillari 
quyidagilardir: 
1. 
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan:
savod o’rgatish 
jarayonida o’quvchilarga differentsial va individual yondashish (bu bolaning 
umumiy rivojlanishi hamda o’qish va yozishga tayyorligiga bog’liq).
 
2. 
O’qitishning istiqboli nuqtai nazaridan:
grammatika, so’z yasalishi, imlo, 
leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish. 
3. 
Psixolingvistik nuqtai nazaridan:
tovush va harfni o’qitishning qulay 
usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta’limning tarbiyaviy va 
o’stiruvchi xarakterini hisobga olish. 
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash 
didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy 
dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy 
tushunchalarni egallaydilar. 
“Alifbe” sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, 
kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayotiga oid rasmlar berilgan, turli 
mavzularda matnlar keltirilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik, mehnatsevarlik, 
mehnatni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, 
hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish, 
umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g’oyaviy-
siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o’rgatish vazifasiga kiradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin