O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   416
 


51 
Savod o’rgatish jarayoni 
 
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy 
davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi
13

a) alifbogacha tayyorgarlik davri 
(1 hafta); 
b) alifbo davri 
(31 dekabrgacha davom etadi). 
Alifbogacha tayyorgarlik davri.
Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni 
maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq 
o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir.
Alifbogacha tayyorgarlik davriga 4 soat dars ajratiladi: 
1. Nutq, gap, so`z va bo`g`in o’rganildigan darslar 
(3 soat). 
2. Unli tovush va harf o’rganiladigan dars 
(1 soat - Oo tovushi).
 
Alifbogacha tayyorgarlik bosqichida o’quvchilarga og’zaki va yozma nutq 
haqida, gap, so’z, bo’g’in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning 
so’zlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi, bo’g’inlarning tovushlardan 
tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga 
ajratilishi o’rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilinadi. O 
tovushi Oo harflari bilan tanishtiriladi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida 
o’quvchilarning bog’lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan 
rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, 
tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttiriladi. 
Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarning 
talaffuzi, o’qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi 
ishlar har bir darsda mavzularga bog’liq ravishda izchil davom ettirib boriladi). 
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari 
bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o’rgatiladi, ularda namunaga qarab 
13
Баъзи адабиётларда бу жараён 3 даврга бўлинган. Қаранг: Ўзбекистон Республикасида 
умумий ўрта таълим стратегияси муаммолари ва таълим мазмунининг янги моделлари
уларни татбиқ этиш йўллари/ Р. Сафарова, У. Мусаев, П. Мусаев, Ф. Юсупова, Р. 
Нуржанова. – Т.: Фан, 2005. – 217-218-бетлар. 


52 
grafik xatolarini aniqlash o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya 
qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. 
2-bosqichda unli tovush-harflar o’rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch 
xususiyatini o’quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim: 
a) talaffuzda (og’izda) to’siqqa uchramasligi; 
b) cho’zib aytilishi; 
v) faqat ovozdan tashkil topishi. 
SHuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda 
tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya 
qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. 
Tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid 
o’ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, 
ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarning o’zlashtirishlarini hisobga 
olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi. 
Alifbo davri.
Bu davr 31 dekabrgacha davom etib, unda o’quvchilar alifbodagi 
barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga 
tamoyili asosida joylashtiriladi. O`quvchilar oldin unli tovushlar, keyin sonor 
undosh tovushlar (

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin