O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


ziyrak- siyrak, dil-til, bol-pol



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   416
ziyrak-
siyrak, dil-til, bol-pol 
kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo’lgan undoshlar 
ng
(tong, rang, 
keng), lab-tish undoshi 
v
, qorishiq undosh 
ch
, jarangli portlovchi 
j
(jo’ja) va jarangli 
sirg’aluvchi - 
j
(jurnal) kabilarni o’rganishda tovush artikulyatsiyasiga oid ishlar 
qiyinlashadi. 
Ba`zi holatlarda tovush-harf izchilligi bolalar hayoti bilan bog`liq hodisalarni 
ifodalovchi, oson o`qiladigan so`zlarnio`qitish bilan bog`liq holda buziladi. 
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so’zlar: 
ko’rib (ko’rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), 
terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti);
qisqa talaffuz qilinadigan 
i
unlisi bor so’zlar: 
bilan (blan), sira (sra);
talaffuzda tushib qoladigan undoshli 
so’zlar: 
baland (balan), do’st (do’s), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt 
(darax)
kabilarni yozilgandek o’qish imloni o’rganishga tayyorlaydi. Bular avval 
orfografik, so’ng orfoepik o’qitiladi. 
Yuqoridagi kabi so’zlarni o’qish bilan bo’g’inlab o’qish malakasi 
takomillashadi: o’quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so’zlarni ham 
to’g’ri o’qishga o’rganadilar. 
Alifbo davrining oxirida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega 
bo’lishlari zarur: 
a) alifbodagi barcha tovush va raflarni tanishi va har qanday holatda to’g’ri 
talaffuz qilishi va o`qishi; 


54 
b) so’zning bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so’zdagi tovushlarning 
izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so’z va bo’g’inga ajrata olishi; 
d) kesma harf va bo’g’inlardan so’z tuza olishi va o’qishi; 
e) 2-3-4 bo’g’inli so’zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o’qishi; 
f) gaplarni ohangiga rioya qilib o’qishi; 
g) o’zi o’qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o’qishi; 
h) matnning nima haqida ekanini anglash; 
i) o’qigan matn mazmunini rasmlar va savollar asosida soddagina qilib qayta 
hikoyalab berishi; 
j) o’qigan matnga sarlavha topa olishi; 
z) ma`nosi o`rganilgan so`zlarning ma`nosini aytib bera olish; 
k) to’g’ri, ongli, ifodali, dastur talabi asosidagi tezlikda o’qish ko`nikmasiga 
ega bo’lishi. 
to’g’ri shakllantirish, harflarni to’g’ri ulash, alifbeda o’qigan bo’g’in, so’z va 
gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo’g’in, so’z, gap diktantlarini yozish 
ko’nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko’ruv, ta’limiy diktant yoza 
olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o’rgatish 
jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 
tagacha so’z yoza olishlari talab qilinadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin