O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   416
Diksiya ustida ishlash
o’quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor 
bo’lishiga erishishdir. U savod o’rgatish uchun ham, ifodali o’qish, orfoepik va 
orfografik malakani, xushovozlik ko’nikmasini o’stirish uchun ham juda muhimdir. 
Yaxshi diktsiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog’liq, shuning 
uchun diktsiyani o’stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning 
egiluvchanligini oshirishga qaratiladi. 
Diktsiya ustida ishlashda quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin: 


65 
1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan, 
sara-shira-sara-shira
kabi 
so’zlarni ovozni to qichqiriqqacha balandlatib, so’ngra esa ovozni to shivirlashgacha 
pasaytirib talaffuz qilish. 
2. Talaffuz tempini mashq qilish. SHu 
sara-shira
kabi so’zlarni sekin talaffuz 
qilib, tempni asta tezlashtira borish. 
3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o’quvchilar qiyinchilik bilan yoki 
noto’g’ri talaffuz qiladigan so’zlarni qayta talaffuz qilish mashqi. 
4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun 
tez aytishlardan foydalaniladi. Misol: 
Qishda kishmish pishmasmish, pishsa 
kishmish qishmasmish. 
Bolalarni so’zlayotganda to’g’ri nafas olishga, tovushlarni to’g’ri talaffuz 
qilishga o’rgatish zarur. Ba’zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga 
uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so’zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan 
o’qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir. 
Savod o`rgatish davrida o`quvchilar nutqini o`stirish 
Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilar nutqini 
o’stirishdir. Nutq o’stirish uch yo’nalishda: so’z ustida ishlash, so’z birikmasi va gap 
ustida ishlash, bog’lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik 
adabiyotlarda qayd etilgan. 
Savod o’rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo’nalish bo’yicha ish olib 
boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod 
o’rgatish ham o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish bilan bog’liq holda 
uyushtiriladi. Savod o’rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo’lib, 
ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet darslar, rasm yuzasidan suhbat va 
shu kabilar bilan bog’lanadi. Bu davrda o’quvchilar nutqini o’stirishning vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
1) o’quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to’g’rilash; 
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog’liq holda 
lug’atini boyitish; 
3) o’quvchilar nutqidagi ayrim so’zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish; 


66 
4) gap va uch-to’rt gapli kichik “hikoyacha” (bog’lanishli nutq)ni og’zaki
to’g’ri tuzish ko’nikmasini o’stirish. 
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi 
predmetlar bilan tanishish yordamida so’zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli 
sodda yig’iq gap 
(Bolalar yuguryaptilar)
, sodda yoyiq gap 
(Lola do’konga bordi)

uyushiq bo’lakli gap 
(Anvar o’qidi va yozdi)
tuzadilar. Ular bu ko’nikmalarni 
amaliy-mashqlar yordamida egallaydilar. 
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq 
o’stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro’zg’or buyumlari, 
o’simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo’lib xizmat qiladi. Suhbat 
jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi. 
Birinchi sinf o’quvchilari nutqni o’stirishda bolalarning o’yin va ermaklari, 
rasm ko’rish va 
“Bu nima?”, “Bu kim?”, “U nima qilyapti?”
kabi savollar asosida 
suhbatdan ham foydalaniladi. 
Savod o’rgatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli 
predmetlarning nomini, ularning belgilarini aytish, predmetlarni ma’lum belgilari 
asosida guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o’qituvchining topshirig’iga 
muvofiq, ma’lum bir mavzuda (kuz, mevali bog’, sinf, maktab haqida) ikki so’zdan 
iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yig’iq gaplar tuzib, uni savollar 
yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. Ular o’rgangan harflaridan so’zlar va kichik 
gaplar tuzib yozadilar.
O’qish darslarida o’quvchilar rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar, 
o’qituvchi savoliga to’liq javob berishga o’rganadilar. Alifbedagi rangli chiroyli 
rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o’simliklarning 
nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi. 
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarning talaffuzi ustida ishlash ham katta 
ahamiyat kasb etadi, chunki ko’pgina bolalar talaffuzida kamchiliklar bo’ladi: bir 
tovush o’rniga boshqasini (
sh
o’rniga 
s, r
o’rniga 
l
) talaffuz qiladilar, chuchuk til 
bilan duduqlanib gapiradilar, so’zdagi ayrim tovushni tushirib yoki boshqa bir 
tovush qo’shib talaffuz qiladilar, tovushlar o’rnini almashtirib qo’yadilar va hok. Bu 


67 
kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus mashqlardan foydalanadilar. 
O’qituvchi ham har bir darsda va darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar talaffuzini 
kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to’g’ri talaffuz namunasini ko’rsatishi lozim. 
Savod o’rgatish davridagi har bir dars jarayonida nutq o’stirish ishiga alohida 
e’tibor qaratish lozim. SHundagina o’quvchilarda adabiy nutq (shevalar ta’sirisiz, 
adabiy me’yor asosidagi nutq) ko’nikmalari shakllanadi va malakaga aylanadi. SHu 
o’rinda “Alifbe” 
(mualliflari: R. Safarova, M. Inoyatova, M. SHokirova, L. 
SHermamatova)
darsligi asosida bir soatlik dars namunasini keltiramiz. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin