O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


sintez dir; so’z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa  analiz



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   416
sintez
dir; so’z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa 
analiz
dir. 
Umuman, savod o’rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi bolaning 
faol fikrlashini ta’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o’quvchilarning bilish 
mustaqilligini 
ta’minlaydi, 
“muammoli” 
vaziyat 
yaratadi, 
bolalarda 
kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o’stiradi. 


64 
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali 
vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo’g’inlar va harf terish taxtasi, shuningdek, 
abak (harakat qiladigan lentali ko’rgazma), kadoskop va shu kabi texnik vositalardan 
ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib 
olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon 
yoki lingofon kabineti xizmat qiladi. 
Tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya ustida ishlash. 
Analiz-sintez ishlari 
tizimida tovushning o’zini analiz va sintez qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi 
nutq apparati organlarining holati va harakatini kuzatish (analiz) va harf bilan 
ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq 
organlarini zarur holatga keltirish (sintez) muhim o’rin tutadi. Masalan, 
u
tovushning analizida til tanglayga tomon baland ko’tariladi, tanglay bilan til orasida 
torgina bo’shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz hosil 
bo’ladi;
 r
tovushining sintezida og’iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo’shliq bo’ladi, 
lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon 
baland ko’tarilgan holatda; ovoz eshitiladi, o’tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi 
titraydi.
 
Sinfda barcha tovushlarning artikulyatsiyasi (hosil bo’lishi) ni ko’rsatib 
bo’lmaydi. Masalan, qorishiq portlovchilar 
(ch, j)
, chuqur til orqa 
(q, g’, x)
, bo’g’iz 
tovushi 
(h)
artikulyatsiyasini ko’rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil 
bo’lishini tushuntirish uchun o’qituvchi, o’quvchilar diqqatini jalb qilgan holda, 
tovushni talaffuz qilib ko’rsatadi, so’ngra o’quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday 
usulni bir necha bor takrorlagan ma’qul. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin