61
kabi sintez qilish usullarida birlashib ketadi; tovush va harf o’rtasidagi munosabatni
doimo aniqlab borish o’qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imloviy jihatdan
savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.
Tovushni analiz va sintez qilish usullarini S.P.Redozubov to’liq
ishlab
chiqqan
14
. O’zbek tilida savod o’rgatishda ham, asosan,
quyidagi usullardan
foydalaniladi:
I. Analiz mashqlari.
1. Nutq (gap)dan so’zni
ajratish; so’zni
aniq talaffuz qilish;
bo’g’inlarga bo’lish va bo’g’inlarni aniq talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish va
uni boshqa bo’g’inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o’qish,
maxsus tovushni
ajratgan holda so’zni bo’g’inlab o’qish
(aaaa-na, nooon, iiin, sssa-na, ki-yyyik,
iiish).
2. Darsda o’rganiladigan yangi tovushni ajratish.
Bunday tovushni birinchi
marta ajratishning bir necha usuli bor:
a) so’zdan tovushni cho’zib talaffuz qilish bilan ajratish:
aaa-na,
looo-la, booo-la;
b) undosh tovushni yopiq bo’g’indan ajratish:
Usss-mon, O-limmm, A-minnn.
v) sirg’aluvchi undoshni ochiq bo’g’indan ajratish:
sssa-na, tu-yyya, zzzi-rak;
g) bo’g’in hosil qilgan bir unlini ajratish:
o-na, u-num, o’-tin, a-na, e-tik, i-pak;
d) o’rganilgan tovushni so’z boshida kelgan so’zlardan ajratish (so’zni
o’qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o’quvchi aytadi):
Dostları ilə paylaş: