60
qo’yilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bo’g’inlab o’qishdek sintetik o’qishga
(so’zni butunligicha o’qishga) yordam beradi. Bunda yangi so’zni xattaxtada katta
bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash
bilan o’qiladi, kesma harf bo’g’inlar yordamida yoziladi.
9. Darslikdagi syujetli rasm mazmunini o’qituvchi yo’llovchi savollari asosida
so`zlatish, hikoya tuzish, undan asosiy fikrni ifodalovchi gapni ajratish va tarbiyaviy
xulosa chiqarish.
Yangi bo’g’in, so’z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato
kabilarning va yangi so’zni xattaxtada va daftarda “yasash”ning ahamiyati juda
katta. O’qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko’p bo’lsa, ulardan
turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o’qish shunchalik ongli, qiziqarli bo’ladi,
malaka puxta shakllantiriladi.
Bola endigina o’qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo’qotmaslikka,
shuningdek, so’zdagi keyingi harfni, keyingi so’zni yo’qotmaslikka o’rgatish juda
muhimdir. Bu vazifani savod o’rgatishning boshlang’ich bosqichida xatcho’p
(o’qiyotgan betni belgilab qo’yish uchun kitob ichiga solib qo’yiladigan qog’oz yoki
lentacha)
va tayoqcha bajaradi. O’qilayotgan qatorni kuzatib borish ko’nikmasiga
sinf o’quvchilaridan o’rtog’ining xatosini to’g’rilashni talab qilish yo’li bilan ham
erishiladi. O’quvchilar bu talabni qizg’anib bajaradilar, shu yo’l bilan ularning
darsga, o’qishga e’tibori jalb etiladi.
Demak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, ularning o’qish sur’atini oshirish,
ifodali va ongli o’qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslarining
muhim vazifalari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: