Bunda suhbat amaliy izlanish metodidan foydalaniladi. O‘quvchilar
kuzatish, taqqoslash, farqlash, umumlashtirish, xulosalash usullarini
bajaradilar.
–
U
tovushining talaffuzida labimiz qanday holatga kirdi? (Labimiz
cho‘chchayib oldinga chiqdi)
– U
tovushining talaffuzida biror nutq organi to‘siqlik qildimi? Havo qanday
chiqib ketyapti? (Havo to‘siqqa uchramasdan chiqyapti.)
– U
tovushini qanday talaffuz (uuuu) qilyapsiz? (Cho‘ziq)
70
–
Qisqa aytiladigan tovush bilan ketma-ket aytib ko‘ringchi?
–u-n
–
U
tovushi nimadan hosil bo‘lar ekan? (ovozdan)
–
N tovushi-chi? (ovoz va shovqindan)
– To‘siqqa uchramay, cho‘ziq aytiladigan tovush qanday tovush bo‘ladi? (
U
nli
tovush bo‘ladi)
– Qaysi unli tovushlarni o‘rgandik? Unli tovushlar nechta bo‘ldi? Nechta
undosh tovushni o‘rgandik?
2.
U
tovushi qatnashgan so‘zlar zanjirini tuzdirish.
O‘quvchilarga predmet rasmlari bilan yordam ko‘rsatiladi.
3. Multimediali ilova yordamida
u
qatnashgan bo‘g‘in va so‘zlarning
o‘qilishini o‘rgatish.
Bo‘g‘in va so‘zlardan analitik-sintetik tovush metodida u
tovushini ajratib, so‘zdagi o‘rnini aniqlatish.
4.
U
unli tovushini ifodalovchi
Uu
harflari bilan tanishtirish.
Bosma bosh harf
U
va kichik bosma
u
harflarini qiyoslash, farqli tomonlarini
izohlash. Multimedia ilova yordamida
Uu
harflari ko‘rsatiladi.
Suhbat uchun savollar:
– Bu harflarni o‘qishni bilasizmi? Bilsangiz o‘qing.
– Bu harflar qaysi tovushni ifodalaydi?
–
Bug‘u
so‘zining qayerida u tovushi kelgan? (So‘zning oxirida)
– Bu so‘zda
Uu
harflarining qaysi shakli yoziladi? (Kichik u harfi)
O‘g‘il bolaning rasmi ko‘rsatilib: – Shu bolaga
U
harfli ism qo‘ying. (Umar)
– Umar so‘zining qayerida
u
tovushi kelgan? (So‘zning boshida)
– Bu so‘zda
Uu
harflarining qaysi shakli yoziladi? (Bosh
U
harfi)
– Bosh
U
harfi bilan yana qaysi so‘zlar yoziladi?
|