68
1. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
2.O‘qituvchi rahbarligida quyidagi she’rni o‘qib beradi va she’r qaysi fasl
haqida ekanini o‘quvchilar topadi:
Oltin oqar daladan,
Tong yorishgan palladan
Quyosh tushar taftidan,
Qo‘rqib qishning aftidan,
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
Barg to‘kadi daraxtlar.
Hosil yig‘ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Javob (Kuz fasli) (Shukur Sa’dulla)
O‘quvchilarning javobi asosida lug‘at ishi o‘tkaziladi:
-She’r kuz fasli haqida ekanini qanday aniqladingiz? Oltin oqar, quyosh tushar,
taft, palla, qishning aftidan, zamin solinar so‘z va birikmalarning ma’nolari ustida
ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: