n, m, l kabi), so`ng sirg’aluvchi undoshlar, portlovchi jufti bor
jarangli-jarangsiz undoshlar, ikki tovushni ifodalaydigan
j harfi, harf birikmalari
(
ng, sh, ch ), tovush ifodalamaydigan
tutuq belgisi (`) bilan tanishtiriladi.
O’quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni
muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash,
bo’g’indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma
harflardan bo’g’in tuzish va o’qish, bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili kabi
mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo’g’inlab o’qish asosi shakllantiriladi: ikki harfli ochiq
(na, ni, mu kabi
) , ikki harfli yopiq
(in, ol kabi
) , uch harfli yopiq bo’g’inlarni
(mon, lim, til kabi
) o’qishga o’rgatiladi.
Alifbo davrini o’rganiladigan tovush-harfning va o’quv materialining
murakkablik darajasiga ko’ra
3 bosqich ga ajratish mumkin:
53
1)
unli tovush-harflar, ovozdor, sirg’aluvchi undoshlar:
o, a, n, l, m, k, i, u, e, o`, y; o-na, a-na, il, in, bi-lan bo`g`in tuzilishidagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;
2) artikulyatsiyasi qiyin bo’lgan
s, z, b, p, d, t, r, g, v, f, g` kabi undoshlar va
yo’l-bars, do’st, rasm kabi tuzilishdagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;
3) harf birikmalari
ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan
j, tutuq belgisi
(`) va
jo’ja, jurnal, jirafa, tong, so’ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so’zlar
o’qishga o’rgatiladigan bosqich.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning
so’z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi (