O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Og’zaki bog’lanishli nutqi. Fikr bayon qilish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   416
6. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Fikr bayon qilish
(“Rasmda nimalar 
ko’rayotganingni aytib ber”). 
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi; 
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap tuza oladi; 
v) 10 tagacha so’z bilan bog’lanishli nutq tarzida javob qaytara oladi;
g) 3-4 so’z bilan qisqa javob bera oladi. 
SHuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham, 
foydalanadigan so’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar ikki variantda 
yoziladi: 
a) har bir o’quvchi haqida alohida ma’lumot (bu bolaga yakka yoki differentsial 
yondashish uchun kerak bo’ladi); 
b) sinf o’quvchilari uchun umumiy ma’lumot (bu ma’lumotdan darsda sinf 
o’quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi). 
Ma’lumki, o’quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O’quv 
materiallari 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga 
qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o’quvchilarning o’zlashtirishlari turlicha 
bo’ladi. Bu savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differentsial va individual 
yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta’limning barcha bosqichlarida ham 
yaxshi natija beradi. 
Differentsial yondashishda o’quvchilar guruhlarga bo’linadi, har bir guruhning 
saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o’quvchilari 3 guruhga 
bo’linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi. 
O’qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o’quvchilar bilan 
parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o’quv materiali “Alifbe” hisoblanadi, 
unga qo’shimcha tarzda tarqatma materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan 
foydalanish mumkin. 
Alifbedagi o’quv materiali yoki o’qilayotgan matnning qiyin o’rni oldin 
tayyorgarligi puxta o’quvchiga, so’ng bo’sh o’quvchiga o’qitiladi. Ba’zi o’quvchilar 
bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to’g’ri keladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin