O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   416
mufradot
(sarhad) deyilgan: bunday yozish bir-ikki yilga cho’zilgan) 
o’rgatilgan. 
SHundan keyin harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi boshlangan. Bu 
mashqni 
murakkabbot
deyilgan. Harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi bir 
necha bosqichga bo’linib, harf birikmalarining ma’no anglatish-anglatmasligi 
umuman e’tiborga olinmagan, qanday qo’shilish mashq qilinavergan. Ko’pgina eski 
maktablarda bunday mashq 
“abjad yozish”
bilan tugallangan. 
Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko’chirib yozish mashqi 
boshlangan. Bu mashqni 
muqattaot 
deyilgan. Bu mashqqa ham juda ko’p vaqt
sarflangan; u ma’noli so’zlarni yozish bilan boshlanib, 
duoyi salom
(insho) yozish 
bilan tugallangan. Bola 
duoyi salom
yozishni bilsa, “xati chiqqan” hisoblangan. 
Yozuvni o’rgatish va husnixat mashq qildirishda 
“Mufradot”
kitobidan 
foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho
namunalari berilgan. 
Eski maktabda yozuvga o’rgatishning birdan-bir yo’li ko’chirib yozuv - nusxa 
ko’chirish hisoblangan, natijada bolada yozma nutq ko’nikmasi hosil qilinmagan. 
Bu mashq bolani juda zeriktirgan, hech o’ylanmasdan yozishga odatlantirgan. 
Maktabxonada ijodiy ko’chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa 
usullarning qo’llanilmaganligi orqasida bola chiroyli ko’chirib yozish ko’nikmasini 
hosil qilgan bo’lsa ham, o’z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni 
ham zo’r-bazo’r xato bilan yozgan. 
Eski maktablarda, madrasalarda o’zbek tili o’qitilmagan, natijada eski maktab 
bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o’tkazgan ba’zi bolalar ham 
o’z ismini to’g’ri yozishni bilmaganlar. 
Arabchada to’g’ri, chiroyli yozuvga o’rgatish uchun xivalik shoir 
SHermuhammad Avazbiy o’g’li Munisning (1778-1829) “Savodi ta’lim” kitobidan 
foydalanilgan. 
Rus-tuzem maktablarida o’qish va yozishni o’rgatish, odatda, bir vaqtda 
boshlanib, bir-biriga bog’lab olib borilgan, har kuni avval o’qish, keyin yozuv darsi 


45 
bo’lgan; o’qish va yozish onglilik tamoyili asosida o’rgatilgan; bolalar qaysi tovush, 
bo’g’in, so’z yoki gapni o’qiyotgan yoki yozayotganini aniq tasavvur qilgan
ma’nosiga tushungan, arabcha harfning yolg’iz shaklini yoxud biror harfning 
elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan. 
Rus-tuzem maktablarining o’zbekcha sinfida ko’chirib yozishga va diktantga
ko’p vaqt sarf etilgan. Bulardan tashqari, insho (turli tilxat, duoi salom va savdo 
ishiga oid har xil xatlar) yozishga ham o’rgatilgan.
1901-yillarda Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov tomonidan
“Adabi avval” otli alifbo yozilgan bo’lsa-da, buning birinchi bosmasi 1907-
yilda chiqdi. Bu alifbo Turkistondagi usuli jaded maktablarining ko’pisi
tomonidan (ba’zi russkiy-tuzemniy maktablarga ham) qabul qilinib, dars
jadvaliga kiritilganligi uchun oktabr inqilobigacha tuzatilib o’n daf’a bosildi. 
So’nggi bosmalari rasmli bo’lib chiqdi. 
Yangi usuldagi maktablar uchun darslikk sifatida 4 qisimdan iborat
“Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1909-1915), shuningdek, “Birinchi muallim” 
(1911), “Ikkinchi muallim” (1912), “Maktab gulistoni” (1915), “Turkiy guliston
yoxud axloq” (1913) kabi o’qish kitoblarini tayyorlab chop ettirgan. 
Abdulla Avloniy “Birinchi muallim” 1917- yilga qadar 4 marta nashr
etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul
Saidazizovning “Ustozi avval” iga suyangan hamda dars berish jarayonida
orttirilgan tajribalaridan samarali foydalangan. “Ikkinchi muallim” kitobi
“Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir. Uning birinchi kitobini, shartli
tarzda, alifbe, ikkinchi kitobini xrestomatiya-majmua deb atash mumkin. Bu
darsliklar davr ruhiga mos tarzda yaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega
bo’lgan. 
“Ikkinchi muallim darsligidagi” hikoyalarning aksariyati nasriy bo’lib,
ularning barchasi xalq og’zaki ijodi durdonalaridan foydalanib yozilgan. 
Hikoyalarda ota-onani hurmat qilish, halol mehnat bilan shug’ullanish, ilmli
bo’lish kabi maslahatlar berilgan. Unda bolalar saviyasiga mos sodda, didaktik,
axloqiy-ma’rifiy hikoyalar, she’rlar berilgan. Darslik 40 soatlik saboqqa


46 
taqsimlangan, unda o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, badiiy asarni yod
oldirish, ifodali va ta’sirchan o’qish malakalarini shakllantirishga e’tibor
berilgan.
Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq”
asari 20- asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish uchun
qimmatlidir. Bu asar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nosir Xisravning
“Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo’ston”, Jomiyning “Bahoriston”,
Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Ahmad Donishning “Farzandlarga vasiyat”
asarlari kabi o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Avloniy maktab maorif
ishlariga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida “Jamiyati xayriya” jamiyatini
tashkil etib, yetim bolalarni o’qitgan. 1914-yil Xadra maydonida “Nashriyot”,
1916-yil “Maktab” shirkatlarini tuzib, “Maktab kutubxonasi” kitob do’konini
ochishga muvaffaq bo’lgan. O’sha davrda o’zbek xalqini ma’rifat sari undash
dasturiga o’zining amaliy-pedagogik faoliyati bilan ham katta hissa qo’shgan.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin