43
o’z ko’zlari bilan ko’rganlar va asta-sekin tovush metodini o’z sinflariga tatbiq eta
boshlaganlar.
2. XIX asrning oxiridan boshlab Rossiyadan Markaziy
Osiyoga kelgan tatar
muallimlari, ya’ni jadidlar tovush metodida xat-savod o’rgata boshlagan edilar,
oradan ko’p o’tmay, bir qancha mahalliy muallimlar
ular kabi yangi maktablar
ochadilar va bolalarga xat savodni tovush metodi asosida o’rgata boshlaydilar.
SHunday qilib, O’rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o’rnini
egallay boshlagan.
Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o’rgatishga Rossiyada
K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan.
Tovush metodi bilan savod o’rgatilganda, so’zning eng kichik bo’lagi, ya’ni
nutq tovushlari asos qilib olinadi. So’zning ma’nosini o’zgartira
oluvchi har bir
tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so’zda tovushlar almashinishi, ortishi yoki
kamayishi natijasida boshqa bir yangi so’z hosil bo’lishi mumkinligi bolalar ongiga
yetkaziladi. Keyingi yillarda ham xat-savod tovush metodida o’rgatilmoqda. Atoqli
metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K. Qosimova, Y.Abdullayev, O.
SHarafiddinov va boshq.) tovush metodida xat-savod o’rgatishni takomillashtirdilar.
Arab alifbosida yozuvni o’rgatish qiyin bo’lgan. Bu alifbodagi harflar so’zda
qo’llash o’rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozuvni o’rganishni
qiyinlashtirgan. SHuning uchun ko’p maktablarda bolalarga o’qish o’rgatilib
yozuv
o’rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko’pchiligi o’qishni bilib, yozishni
bilmagan.
Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog’ozga dastlab yo’g’onroq savag’ich
qalamda o’rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o’rganganlaridan keyin qamish qalamda
ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni o’rgatish alifbo tartibida harflarning alohida-alohida shaklini
yozdirishdan boshlangan.
Avval
alif
ni yozish o’rgatilgan, keyin o’xshash shaklli
harflar bandlarga bo’linib, o’xshash unsuri bo’lmaganlari
esa ayrim-ayrim
yozdirilgan. Ba’zi domlalar ayrim harflarning elementlarini yozishni ham alohida
mashq qildirganlar.
44
SHundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib yozish
(bu
Dostları ilə paylaş: