O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   416
abjad 
so’zi 
alif
ga zabar qo’yib, 
be
ga urishtirilsa 
ab

jim
ga zabar qo’yib, 
dol
ga urishtirilsa 
jad

bularning ikkisidan abjad hosil bo’lgan. 
Abjaddan keyin eski maktab o’quv kitobi bo’lgan “Haftiyak”ka o’tilgan. 
“Haftiyak”dagi suralar ham “Abjad”dagi kabi hijo usulida o’qitilgan. Bolalar 
“Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o’qish uchun juda ko’p vaqt va kuch 
sarflaganlar. 
So’zni hijo usulida o’qishda avval so’zdagi birinchi undosh harfning, keyin 
ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo’yib hijo hosil 
qilingan. SHu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-
biriga qo’shib, bu so’z bir butunicha aytilgan. So’zni hijo usulida o’qishda tovush 
emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan. So’zni tovush 
jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo’shilishi 
bolalarga tushunarli bo’lmagan, bolalar so’zdagi har bir harf ma’lum bir tovushni 
bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida o’qishga o’rgatish, birinchidan, 
mexanik ravishda bo’lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, 
ikkinchidan, bola o’zi aytgan so’zining ma’nosini tushunmay, maktabdordan 
eshitganini takrorlayvergan. 
“Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so’zni yaxlit “o’qish” usulida olib 
borilgan, aniqrog’i bola o’qimagan, eshitganini to’tiqush kabi yodlagan. Natijada 
bolalar maktabxonada o’qiganlarini o’zi o’qib yurgan kitobidan “o’qib bergan”, 
ammo ularning qo’liga maktabda o’qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o’qiy 
olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o’qigan bolalarning juda ko’p deganda 
4-5 foizigina o’qish va yozish ko’nikmasini hosil qilgan. 
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o’rgatishda ma’lum darajada 
ijobiy o’rin tutdi. Rus-tuzem maktablarinnng o’zbekcha sinflarida o’zbekcha xat-
savod o’rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi: hijo metodidan 


42 
tovush metodiga o’tildi. 1900 yillardan rus-tuzem maktabi o’zbekcha sinflarining 
peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalana 
boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni o’zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902 
yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili 
alifbesi - “Ustodi avval” nashr etildi. “Ustodi avval” nashr qilingandan keyin 
o’zbekcha xat-savod o’rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod 
o’rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o’qitishni osonlashtirdi, ta’limni 
bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, ya’ni faol ta’limga aylantirdi.
“Ustodi avval” 3 bo’limdan iborat edi: 1-bo’lim, hozirgi atama bilan 
ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo’limda arab alfavitidagi harflarni alfavit 
tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini 
harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda tizib chiqqan. 
Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-savod o’rgatishni 
qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil 
shaklda qo’llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish o’rniga qarab turlicha 
bo’ladigan harflarning so’z boshida, so’z o’rtasida, so’z oxirida va alohida yozilish 
shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin