58
keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin. Masalan,
“Qishda qushlar qaerga uchib ketadilar?” (harf terish matosida: “Issiq o’lkalarga
uchib ketadilar”).
Mana shu kabi tayyorlov mashg’ulotlari o’qishning yuqori
darajada ongli bo’lishini ta’minlaydi.
Ongli o’qishni ifodali o’qishdan ajratib bo’lmaydi. Ammo analitik o’qishning
birinchi bosqichida ifodali o’qish mumkin emas, chunki bolalar so’zda urg’uli
bo’g’inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so’roq ohanggini, hatto,
orfoepik to’g’ri o’qishni bilmaydilar. O`quvchilar so`zning harfiy shaklidan aynan
nusha ko`chirib, orfografik o`qiydilar. O`quvchilar orfografik o`qishda asta-sekin
orfoepik o`qishga o`tkaziladi. Orfoepik o`qishga orgatishda qayta o`qitish usulidan
foydalaniladi. SHuning uchun analitik o’qish bosqichida so’zni yaxlit, orfoepik
qayta o’qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o’qish to’g’ri intonatsiyaga, ifodalilikka
rioya qilib o’qishga o’rgatibgina qolmay, o’qishning ongli bo’lishiga ham yordam
beradi.
Savod o’rgatishning birinchi darslaridayoq o’quvchilarga tabaqalashtirib
(differentsial) yondashish (bunda o’quvchilarning o’qish imkoniyati hisobga
olinadi) amalga oshiriladi.
O’qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun matn mazmunini
o’quvchilarning ko’rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog’lash lozim. SHunda
o’quvchida o’qishga, o’rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o’zlashtirishni amalga oshirishda lug’at ustida ishlash ham muhim
ahamiyat kasb etadi. So’zlarning ma’nosi bilan tanishtiriladi, birinchidan, fikrni
oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushunishga ham yordam beradi.
SHe’r, tez aytish, topishmoq, qo’shiq, maqol, hikmatli so’zlardan o’qitish, yod
oldirish ham o’quvchilarning o’qishga qiziqishini oshiradi, o’qish malakasini
shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Boshlang’ich sinflarda o’qish
darslarining uchdan ikki qismi o’qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Yangi tovush va harf o’rganiladigan
Dostları ilə paylaş: