6 - MA’RUZA. MAXSUS YUK KO‘TARUVCHI VA TASHUVCHI QURILMALAR Reja.
1.
Materiallarni navlarga ajratish va paket qilib taxlash qurilmalari.
2.
Listli buyum va plitalarni shtabel qilib taxlovchi qurilmalar.
3.
Tayyor mahsulotlarni tashish va o‘rab chiqishda (upakovka) qo‘llaniladigan
qurilmalar.
1 .
M
ateriallarni tayyorlash, ortish, jo‘natish va tushirish asosan
donalab qo‘l mehnati yordamida bajariladi. Arralangan (tilingan) joyidan to
is’temolchigacha xar bir taxta kamida 9 marta qo‘ldan-qo‘lga o‘tadi. Materiallarni
ular saqlanadigan joylarda ortib-tushirish ishlari juda og‘ir va ko‘p mexnat qiladi.
Bundan chiqishning birdan bir chorasi taxtalarni paket qilib yig‘ishdir. SHunda
yuk jo‘natuvchi va uni qabul qilib oluvchilar omborxonalarida ularning ortish-
tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash imkon yaratiladi.
Bu vaqtda ishchilarning yuk ortish va tushirishdagi mexnat samarasi 3 va
undan ortiq martaga oshadi; ishchi kuchi kamayadi; maxsulotni tovarlik ko‘rinishi
yaxshi saqlanadi va ularni xisob-kitob qilish osonlashadi; ishchilarni ish sharoiti
yaxshilanadi; ishlab chiqarish madaniyati ortadi.
Materiallar paketlarini o‘lchash va konstruksiyalari GOST 6564-68ga ko‘ra
reglamentlangan. Unda jo‘natish uchun hozirlangan paketlarning o‘lchamlari (eni x
balandligi, mm xisobida) quyidagicha bo‘ladi;
1300 ± 50 x 1200 ± 50 - yarim qattiq stropa materiali bilan bog‘langan,
barcha transport vositalarida tashiladi;
1250 x 1200 - bunda taxta materiallar to‘rt o‘qli usti ochiq vagonlarda
tashiladi;
1000 x 1300 - bunda taxta materiallar faqat avtomobillarda va ikki o‘qli
platformalarda tashiladi;
850 x 800 - yuk jo‘natuvchi va uni qabul qilib oluvchilar tomonida yuk
ko‘taruvchanligi 5t gacha bo‘lgan ortish-tushirish mexanizmlari bo‘lganda
bajariladi. O‘rab bog‘lash uchun yarim qattiq stropa materiallaridan tashqari po‘lat
tasmalar va simli tortqilar ishlatilishi mumkin.