O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 - rasm. Qurilish korxonasi turkumlanishi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

7.1. - rasm. Qurilish korxonasi turkumlanishi
Agar korxona davlat yoki munitsipial xususiy mulk bazasiga unitar korxona 
ko’rinishida asoslangan bo’lsa, u holda mulk egasi o’z-o’zini boshqarish shaklidan 
foydalanadi. Xususiy mulk egasi bir kishi bo’lgan holda ham o’z-o’zini boshqarish 
shaklidan foydalanadi. 
Mulkchilikning aralash shaklida yoki mulk egalarining soni ko’p bo’lganda 
tashkilotni boshqarishning eng murakkab tuzilmasi shakllanadi, masalan bunga 
ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatini misol tariqasida keltirish mumkin. 


111 
Qurilish tashkiloti qurilish (ishlab chiqarish) kooperativi shaklida ro’yxatdan 
o’tkazilganda va faoliyat yuritganda mehnat jamoasida o’zini-o’zi boshqarish 
shakli amalga oshiriladi. 
Xo’jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida o’zini
-
o’zi boshqarish shakli 
bilan bir qatorda mulchilik boshqaruv shakli ham keng tarqalgan. O’zini-o’zi 
boshqarishda tadbirkor, menejmer va mehnat jamoasining funksiyasi mulk egasi 
tomonidan to’liq hajmda kontsentratsiya qilinadi. Tadbirkorning asosiy boshqaruv 
funksiyalari kapitalni mulk egasi (mulkdor)dan ajratish natijasida yuzaga keladi va 
bunday vaziyatda tadbirkor mulk egasi hamda boshqaruvchi sifatida namoyon 
bo’ladi. Resurslar, kapital va mehnatni birlashtirish amalga oshiriladi. Tadbirkor 
yakka o’zining mablag’lari, vaqti, mehnati va obro’
-
e’tibori bilan harakat qiladi 
(xavf
-
xatarga qo’l uradi). Menejer funksiyasi odamlarni boshqarish bo’yicha 
o’zining professional bilimlaridan foydalana olishi bilan belgilanadi. 
Aralash mulk va mulkning xususiy shakliga ega bo’lgan korxonalarda 
mehnat jamoasini boshqarish murakkab bo’lmaydi. Bu boshqaruv mehnat 
kelishuvi (shartnoma, konrakt)ni o’ziga qamrab oladi. Boshqaruv – bu kun tartibi, 
mehnat ta’tillarini rejalashtirish, rahbatlantirish va mehnat jamoasi xavfsizligini 
ta’minlash tizimini ishlab chiqish va mahsulot sifatini nazorat qilish demakdir. 
Mehnat jamoasi o’zini
-
o’zi boshqarishida ham amalda aynan xususiy mulkchilikni 
boshqarishdagi funksiyalardan foydalaniladi. 
Davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish 
-
bu tegishli dastaklar va 
manfaatlar – soliqlar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanilgan holda 
huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy shakllarda namoyon etiladi. Bevosita 
davlat tomonidan tartibga solish qurilish tashkilotlari ish holatiga ta’sir 
ko’rsatadigan me’yoriy hujjatlar, holatlar va tadbirlar ishlab chiqilishi va 
boshqalarda o’z aksini topadi.
Bilvosita davlat tomonidan tartibga solish esa soliq, moliya-kredit
amortizatsiya va narx-navo siyosatining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida 
namoyon bo’ladi. Bevosita va bilvosita davlat tomonidan tartibga solishda hamma 


112 
ishchi-xodimlar hayoti va faoliyatidagi manfaatlarni ifoda etuvchi ijtimoiy sohaga 
tegishli bo’lgan savol hamda masalalar o’z dolzarbligini hech ham yo’qotmaydi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin