113
va boshqa muassasalar, xo’jaliklarning tarmoqlariga qaratilgan bo’ladi. U qurilish
kompleksini zarur bo’lgan moddiy – texnika resurslari bilan ta’minlashga
yo’naltirilgan.
Qurilish materiallarining tovarlar bozoridagi vaziyatini umumiy holda
baholash bilan shunday to’xtamga
kelish mumkinki, korxonalar va tashkilotlar
qonunda ko’rsatilgan yetarli darajadagi erkin tadbirkorlik faoliyatini tavsiflaydigan
sharoitlarda ishlaydilar: ular boshqarish va davlat
hokimiyati tuzilmalariga
nisbatan zarur bo’lgan xo’jalik mustaqilligiga egadirlar, amalda barcha resurslarga
erkin holatda yondashish imkoniyatlariga ega bo’lib, savdo
-
sotiq va xo’jalik
yuritishda amalga oshiriladigan operatsiyalarda kontragentlarni tanlashda mutlaqo
erkindirlar, olinadigan daromadni mustaqil ravishda taqsimlashlari va ishlatishlari
mumkin (o’zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda),
maksimal foyda olish
maqsadida o’zining faoliyat yo’nalishlarini erkin tarzda tanlaydilar. Mavjud
bo’lgan ishlab chiqarish quvvati va qurilish materiallarini
ishlab chiqarish hajmi
umuman olganda bu bozordagi talab
-
ehtiyojlarni to’liq qondiradi. Xo’jalik
yuritishning yangi tizimiga o’tish tufayli qurilish tarmog’i
uchun materiallar
tanqisligi o’tmishda qolib ketdi.
Qurilish moddiy
Dostları ilə paylaş: