-
texnika resurslari quyidagilarga bo’linadi:
-
qurilish ishlab chiqarishini talab etilgan sifat va miqdorda zarur bo’lgan
resur turlari bilan o’z vaqtida ta’minlash;
-
resurslardan foydalanish darajasini yaxshilash: mehnat unumdorligi va
fond
qaytarmasini(fondo
otdacha)
oshirish,
qurilish
jarayonining
bir
marom(ritm)daligini ta’minlash, aylanma mablag’lar aylanish muddatini
qisqartirish, ikkilamchi resurslardan to’liq foydalanish, investitsiya va boshqa
ko’rsatkichlar samaradorligini oshirish;
-
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulot
hamda
bino
va
inshootlar
raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun
o’z tashkiloti va raqobatchi tashkilotlardagi qurilish ishlab chiqarishining tashkiliy-
texnik holati va qurilish-montaj ishlari (xizmatlari)ning sifatini tahlil qilish.
114
Qurilish tashkilotida yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga erishish uchun
quyida ko’rsatilgan ishlarni doimiy ravishda bajarish talab etiladi:
1.
Bozorda
qurilish
materiallari,
konstruktsiyalari,
buyumlari,
yarimfabrikatlar va boshqa mahsulotlarni yetkazib beruvchilar (xizmatlar) bo’yicha
marketing izlanishlarini olib borish. Yetkazib beruvchilarni tanlash quyidagi
talablardan kelib chiqqan holda tavsiya etiladi: yetkazib beruvchining litsenziya va
ushbu sohada yetarlicha tajribaga ega ekanligini aniqlash, ishlab chiqarishning
yuqori tashkiliy-texnik holatdaligi, ishning ishonchliligi va foyda keltiruvchanligi,
ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining raqobatbardoshligini oshirish, ular
narxlarining hammabopligi, ularni yetkazib berish sxemasining soddaligi va
turg’unligi;
2. Konkret moddiy-texnika resurslariga bo’lgan ehtiyojlarni
me’yorlashtirish;
3. Moddiy-texnik resurslar sarfi me’yorlari va me’yoriy hujjatlarini
kamaytirish bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqish.
4. Qurilish ishlab chiqarishini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash kanallari
va shakllarini izlab topish.
5. Moddiy materiallar balansini (muvozanat, turg’unlik holatini) ishlab
chiqish.
6. Qurilish ishlab chiqarishi moddiy – texnika ta’minotini rejalashtirish.
7. Ish joylarini qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari,
yarimfabrikatlar va boshqa materiallar bilan ta’minlashni tashkil etish.
8. Moddiy – texnik resurslardan foydalanishni hisoblash va nazorat qilish.
9. Qurilish ishlab chiqarishidagi chiqindilarni yig’ish va ularni qayta
ishlashni tashkil etish.
10. Moddiy – texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.
11. Moddiy – texnika resurslaridan foydalanishni yaxshilash bo’yicha olib
boriladigan ishlarni rag’batlantirish.
Bu funktsiyalarga bog’liq ravishda qurilish ishlab chiqarishi moddiy –
texnika ta’minoti (MTT)ning tegishli xizmat ko’rsatish bo’limlari aniqlangan.
115
Ularga quyidagilar tegishlidir:
Dostları ilə paylaş: |