O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
 
transport jarayonlari xizmati, bu bo’lim qurilish maydoni ichida va uning 
atrofidagi tashqi maydonda ishlab chiqarish jarayonining bir ma’romda olib 
borilishi uchun zarur bo’lgan katta massali yuklarni ko’chirishni ta’minlaydi. 


116 
Ayniqsa alohida jarayonlarni yagona ishlab chiqarish tizimiga bog’lovchi 
texnologik transport aniq va ritmik ishni talab etadi. 
8.2.
Moddiy-texnika resurslari yetkazilishini tashkil etish 
 
Hozirgi sharoitda qurilish tashkiloti bozor orqali sotib olish borasida 
iste’molchi sifatida va sotish bozori orqali esa ishlab chiqaruvchi sifatida ko’plab 
korxonalar bilan bog’langan bo’ladi. Qurilishni moddiy 
-
texnik ta’minlash (MTT) 
turli yetkazuvchi tashkilot va korxonalar bilan bevosita (to’g’ridan
-
to’g’ri) tuzilgan 
shartnomalar asosida olib boriladi. Bu yetkazuvchi tashkilotlar moddiy
-
texnika 
ta’minoti tarkibiga kiradi, bu ta’minot quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
-
 
davlat ehtiyojlari uchun moddiy - texnik resurlarini yetkazib berish; 
-
 
texnologik jihozlar, qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari, 
yarim fabrikatlar bilan ulgurji savdo qilish; 
-
 
yuqorida ko’rsatilgan resurslar bilan qurilish birjalari, savdo-sotiq uylari 
va vositachi korxonalar orqali savdo
-
sotiq qilish. 
Qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va tashkiliyotining ilg’or shakllari 
qurilish montaj ishlarini moddiy
-
texnik resurslar bilan komplektli holatda va o’z 
vaqtida ta’minlash shartlari qat’iy bajarilishini talab etadi. Ushbu vazifaning 
bajarilishi ishlab chiqarish
-
texnologik komplektlashtirish boshqarmasi (ITKB) 
zimmasiga yuklatiladi. 
ITKB bosh vazifasi maьteriallar va detallarni tayyorlash (taxt qilish), 
yarimfabrikatlar va konstruktsiyalarni tayyorlash hamda ularni komplektli holatda 
bajarilayotgan qurilish – montaj ishlari grafigi bo’yicha qurilish maydoniga o’z 
vaqtida yetkazib berishdan iboratdir. ITKB tashkilotlarining shakllari turlicha 
bo’lib, ular ob’ektlar qurilishi spetsifikasi, ularning hududiy joylashuvi, ish turlari 
va hajmlari hamda boshqa konkret shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. ITKB trest 
topshirig’iga binoan qurilish-montaj ishlarining rejalashtirilgan hajmlarini bajarish 
uchun zarur bo’lgan moddiy resurslar buyurtmachisi sifatida va transport ta’minoti 


117 
tashkilotlari bilan shartnoma asosida munosabatda bo’lish uchun maydonga 
chiqadi. 
ITKB funktsiyasiga trest manziliga tushadigan moddiy resurslarni qabul 
qilib olish, ularni joylashtirish va saqlash, tipli bo’lmagan detallar va 
konstruktsiyalarni tayyorlash, kelib tushgan materiallarni yuqori darajadagi 
texnologik tayyor holatda saqlash va komplektlarni qurilish maydoniga o’z vaqtida 
yetkazib berish kiradi. Ishlab chiqarish – texnologik komplektlashtirish 
boshqarmasi o’z faoliyatini xo’jalik shartnomalari asosida olib boradi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin