Mavzu: Sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi
Reja:
1.Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat.
2.Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari.
3.Al-Forobiyning ijtimoiy-pedagogik qarashlari va uning ilmiy pedagogik merosidan foydalanish.
4.Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fani taraqqiyotidagi o‘rni.
5.Ibn Sino ta’lim-tarbiya xaqida.
IX asrda Sharq mamlakatlarida boshlangan va madaniy xayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy xayotda xam uzgarishlar bulishiga olib keldi.
Ana Shu ko’tarilish Shunday butun Arab xalifaligini, Yakin va Urta Sharkni kamrab olginligi uchun xam Sharq Uyg‘onish davri deb ataldi. Bu uygonish jarayoni IX asrdan boshlanib XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Bu jarayonda arab xalklari bilan birga Eron, Kavkaz orti, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo olimlari xam ishtirok etdilar. Chunki Arab xalifaligida XI asrda vujudga kelgan uygonish davri xalifalikning Bogdod, Damashk, Xalab shaxarlarida boshlanib, barcha boshkaxalklar madaniy xayotiga tarkaladi, bu esa u davlatlarda xam madaniy rivojlanishga zamin tayyorlaydi va bu jarayonni boshlab boradi.
Buni biz xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833), sung uning ugli al-Ma’mun davrida Bagdodda «Baytul xikma» («Donishmandlik uyi»), xozirgi davrda Akademiya ma’nosida.tashkil etilganidan xam bilsak buladi. Mazkur Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya koshida rasadxona xam bulgan, yangi kutubxona kurilgan. Bagdoddagi mazkur ilm markazi, uz navbatida SHark va Garbda ilm-fanning iarakkiy etishga, ma’naviy xayotning rivojlanishiga ta’sir etgan, bu xakida mazkur»Baytul xikma»ning ishlarga raxbarlik kilgan Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqiga qay darajada homiylik qilganini «Al-jabr va al-mukobala xisobi xakida» asarida Shunday tariflangan: «Ollox Imom al- Ma’munga. Unga meros bo’lib qolgan xalifalik lozimini in’om kilib, muruvvat etganligi, bu lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va Shu bilan birga unda (xissiyotni) uygotganligi menga jasorat ato qildi, (chunki u) ularning ustiga o’z xomiylikqanotini yozib, ularga noanik bo’lgan narsalarni yoritishga va ular uchun mushkul bo’lgan narsalarni osonlashtirishga yordamlashadi».
Xorun ar-Rashidning ikkinchi o’gli al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda xam Movarounnaxr va Xurosondagi olimlarni to’plab,ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javxariy, al-Fargoniy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarning barchasini Bog’dodga chakirib oladi va «Baytul-xikma»-donishmandlik uyi «(Ma’mun akademiyasi») da arab olimlari bilan xamkorlikda ilm-fan ravnak topadi.
Shuningdek, Sharq Uyg‘onish davrining paydo bo’lishida asosiy manba qadimgi yaratgan madaniy yodgorliklar xam bo’lib, ular xox yunon, xox arab, xox Movarounnaxr va Xuroson xalkining eng qadimiy antik davrlar madaniy yodgarliklari xam bo’lsin, Uygonish davri madaniyatning yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib xizmat kiladi. Bular bilan birga, eng Yaqin muxim tomoni xam borki, IX-XV asrlarda Yaqin va O’rta Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar yuz berdi va bu o’zgarishlar natijasida Uygonish davri kabi muxim bir jarayonni vujudga keltirdi.
Zero, agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib,bu erdan ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chika boshladi. Bularning barchasi bir-biriga qo’shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va O’rta Sharqda, jumladan, Eron, Zakavkaze va Movrounnaxrda savdo alokalarining rivojlanganligi, ilm-fan, xunarmandchilikning tarakkiy etishi moddiy va madaniy alokalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi.
Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaydi, ko’plab sug’oriladigan erlar ochildi, sug’orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, paxta, zig’ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato tukildi. Movrounnaxr, xususan, Xorazm, Urganch, Fargona, Samarkand va Buxoro shoyisi dunyoga mashxur bulgan.
Qishloq xujaligi, xunarmandchilik va savdoning rivojlanishiga yul ochildi. Natijada YAkin va Urta Sharq davlatlari: Rossiya, Ispaniya, Xindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari olib borildi.
Tanikli olim F.Sulaymonova Sharq madaniyatining Ispaniyaga va u orqali Ovrupaga ta’siri xakida gapirar ekan, «Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining eng yangi saxifalarini ochib berdi. Makedoniyalik Alekandr orzu kilgan Shark va Garbning yangi davr boshlandi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovrupo madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovrupolik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, xayot tarzini, tarixiy jarayonini tudan o’zgartirib yubordi», - deydi va matematika, falsafa, astronomiya, tabiat, tibbiyot, xulk-odob, turmush tarzi, ijtimoiy iqtisodiy xayotiga qay darajada ta’sir etganligiga ishonarli dalillar keltiradi.
X asrdan boshlab Movrounnaxr va Xurosonda mustakil feodal davlatlari – Toxiriylar, Somoniylar, Koraxoniylar, Gaznaviylar, Saljukiylar, Xorazmshoxlar davlatlarining paydo bo’lishi va xalifalik emirilishi xam madaniy xayotning orkaga ketishiga emas, balki yanada ravnak topishiga olib keldi.
Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy xayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy xayotga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.
Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarkand va Urganch usha davrning madaniy markazlari sanalardi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy xujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar xam arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida xam ish yuritila boshlandi. Ammo yoziladigan xujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo’lsa xam, arab imlosida yozilar edi.
Bu shaxarlardagi maktablarga xatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalk bolalari xam kelib o’kiganligi manbalarda keltirildi.
O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan, kitob do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqat, munozaralar o’tgan.
Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Farobiyning Aristotel «Metafizika» siga yozgan sharxlarini sotib olganligini tarjimai xolida xikoya kiladi.
Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan. Amir kutubxonasi o’sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar. Chunki Sheroz kutubxonasida maxsus javonlarda saqlansa, amir kutubxonasida esa sandiklarda saklangan.
Bu davrda xind, eron, arab-yunon tillaridan tibbiyot, astronomiya, matematika, mantik, psixologiya, falsafaga oid asarlar tarjima qilinishi Shu sohaga oid bilimlarning rivojlanishiga ta’sir etdi. Eronlik Abdulla ibn al-Mukaffo (724-750) yozuvchi, pedagog, olim va tarjimon sifatida salmokli ishlar kildi. U «Buyuk ishlar uchun nasixatlar» va «Kichik ishlar uchun nasixatlar» asarlarini yaratgan, paxlaviy tilidan xindlarning «Kalila va Dimna» didaktik asarini, «SHoxlar kitobi», «Mazdak», «Oynoma» ni arab tiliga tarjima kilgan. Aristotelning «Kategoriya», «Talkin xakida» va boshka asarlarini arab tiliga tarjima kilgan. Ibn al-Mukaffo 750 yilda Moniy targiboti tarafdorlari sifatida katl etildi.
Qadimgi yunoniston olimlari Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Evklid, Ptolomey, Arximed va boshqalarning asarlari, fors tilidan badiiy-didaktik asarlar «Kalila va Dimna», «Fors shoxlari xayoti», xind tilidan «Xind dorilari va ularning nomlari», «Saorad», «Siddxanta», «Nabotiy dexkonchiligi to’grisida kitob» va boshka kitoblar tarjima kilindi.
Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, Al-Xorazmiy, Al-Fargoniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar.
X asrning ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ba’zi xonlar o’z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va xatto Garbiy Evropa olimlarining asarlari xam mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf Xos Xojib, Maxmud Qoshgariy kabi olimlar jaxon axamiyatiga ega bo’lgan asarlarini yaratdilar.
XI asr boshida G’aznaviylar davlati, keyinrok Saljukiylar. Xorazmshoxlar davlati xam tashkil topdi. Gaznaviylar davrida xam ilmiy, ijtimoiy fikrlar rivojlandi. Maxmud Gaznaviy o’z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to’playdi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayxon Beruniyning mashxur «Xindiston» asari Shu erda yaratilgan edi.
Saljuqiylar davrida Ali-Arslon Muxammad xokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-Mulk o’z davrining mashxur siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan.
Saljuqiylar xokimiyati xarbiylashgan bulib, bu xokimiyatning ichki va tashki siyosatini Nizom ul-Mulk boshkarar edi.
U Gaznaviylar ish uslubiga bir oz o’zgartirishlar kiritib, xokimiyatni boshkarish uslubini ishlab chikadi va o’zining «Siyosatnoma» asarini yaratadi. (1091-92). Bu asarda davlatni boshkarish tamoyillari bayon etiladi.
Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta xizmat kildi. 1067 yilda Bogdodda o’zining shaxsiy jamgarmasiga o’sha davrning eng mashxur o’kuv yurti – «Nizomiya» madrasasini kurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so’fiylarga katta e’tibor berib, g’amxurlik qiladi. Uning katta xizmatlaridan yana biri takvimni islox kiladi. U 1074 yili Orta Shark mamlakatlari uchun kalendar-takvim tuzadiki, bu takvim xozirgi eng takomillashgan kalendarlardan xisoblanadi.
XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniksa taraqqiy etdi.Xorazm shoxi Ma’mun uz saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Baytul xikmat»- Donishmandlar uyi tarixda «Ma’mun akademiyasi»deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu nasr ibn Irok, faylasuf Abu Salx al-Masixiy, tabib Abulxayr Xammor kabi olimlar ilmiy ijodlar bilan muxim rol uynaydilar. Lekin toj-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargoxi o’z faoliyatini to’xtatib , olimlar tarkalib ketadi.
XII asrga kelib,O’rta Shark mamlakatlari, Movarounnaxr mo’g’ullar istibdodiga uchradi.Bu davrda ishlab chikarish kuchlari, madaniy markazlari vayron etildi.Xalk kattik zulm ostida ezila boshladi. Movarounnaxr va Xurosonda mo’gillar istibdodi davrida «Uygonish» davrida tanazzulga yuz tutdi. SHark uygonish davri madaniy rivojlanishda ilm-fan shartli ravishda uch yo’nalishda rivojlanganini ko’ramiz.
Dostları ilə paylaş: |