TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH TIZIMI BO’YICHA XUQUQIY ASOSLAR
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 29 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni joriy etish to’g’risida”gi 820-sonli buyrug’i.
Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasini baholash tizimi bo’yicha baholashda quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
-oraliq nazorat – semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. Oraliq nazorat turi har bir fan bo’yicha fanning hususiyatidan kelib chiqqan xolda 2 martagacha o’tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turining o’tkazilish shakli (yozma, og’zaki, test va h.k.) va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Semestr davomida xaftasiga 2 akademik soatdan kam bo’lgan fanlar bo’yicha oraliq nazorat turi o’tkazilmaydi. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.