Baholash natijasidan norozi bo’lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissisiyaga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o’qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to’rt nafar a’zo kiritiladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqilishi lozim.
Talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish xuquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqib, uning natijasi bo’yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatiladi.
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi (komissiya yig’ilishi bayonnomasi dekanatga topshiriladi).