O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


BITIRUV MALAKAVIY ISHI VA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARINI BAHOLASH TARTIBI



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/7
tarix17.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#156480
1   2   3   4   5   6   7
Презентация1 Шерматов маъруза

6. BITIRUV MALAKAVIY ISHI VA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARINI BAHOLASH TARTIBI
  •  
  • Oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida talaba-larni o’qitishning yakuniy bosqichi bo’lib bitiruv malakaviy va magistr-lik dissertatsiya ishlarini bajarish, tayyorlash, rasmiylashtirish va uni Davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilish hisoblanadi.
  • Davlat attestatsiya komissiyasida bitiruv malakaviy va magistrlik dissertatsiya ishlari ham yuqorida keltirilgan 5 baholi baholash tizimi bo’yicha baholanadi. Bunda talabalarni baholash uchun quyidagilar inobatga olinadi: mavzuning dolzarbligi, ishning mazmuni, rasmiylashtirilganlik holati, amaliy ahamiyati, taqdimot materiallarining holati va mazmuni, ishga ijobiy taqriz va xulosaning mavjudligi, ishning kafedradagi dastlabki himoyasi natijasi, Davlat attestatsiya komissiyasidagi himoyada talabaning ma’ruza darajasi, savollarga javob berish darajasi. Baholash mezoniga muvofiq keluvchi baholar quyidagicha: 5 baho – «a’lo», 4 baho – «yaxshi», 3 baho – «qoniqarli», 2 baho – «qoniqarsiz».
  • Har bir talabaning himoyasi natijalari Davlat attestatsiya komissiya-sining o’rnatilgan shakldagi bayonnomasida alohida-alohida aks ettirila-di.
  • Bitiruv malakaviy va magistrlik dissertatsiyasi ishlari himoyasida “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talabaga Davlat attestatsiya komissiyasi diplom berish to’g’risida qaror qabul qilmaydi va talabaning Baholash daftarchasining tegishli qismi to’ldirilmaydi. Bunday hollarda talabaga bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini keyingi o’quv yili yakunida tashkil etiladigan Davlat attestatsiya komissiyasida qayta himoya qilishga ruxsat beriladi.

  • Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin