Fanlar bo’yicha oraliq va yakuniy nazoratlarda erishilgan o’zlashtirish ko’rsatkichlari asosida talabalar bilimi quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. YAkuniy nazorat turini o’tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo’yicha professor o’qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
Talaba uzurli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruhsat beriladi.
Bahorgi semestr natijalari bo’yicha 3 tagacha fanlardan akademik qarzdorligi bo’lgan talabaga tegishli fanlar bo’yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi o’quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddatga qadar ruxsat beriladi.
Fanlardan akadem qarzdorligi 4 ta va undan ko’p bo’lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi.
Talaba oraliq va yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko’p bo’lmasligi kerak.
Berilgan muddat davomida mavjud bo’lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo’yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini xabardor qiladi va ushbu talaba rektor buyrug’i asosida kursdan qoldiriladi.
Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo’yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.
Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o’zlashtirmagan semestr boshidan to’lov-kontrakt asosida mazkur o’quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan o’quv rejaga muvofiq o’qishni davom ettiradi.