340
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1.
Ishlab chiqarish zaxiralari deganda nimani tushunasiz?
2.
Ishlab chiqarish zaxiralarining qanday turlari mavjud?
3.
Ishlab chiqarish zaxiralari qaysi baholarda bahola-nadi?
4.
Materiallar harakati qaysi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?
5.
Materiallarning ombordagi va buxgalteriyadagi hiso-bi qanday tashkil
qilinadi?
6.
TMZlarni hisobga olish vazifalarini sanab bering?
7.
TMZlarni baholash usullarini tushuntiring?
8.
TMZlar harakatini hujjatlashtirish deganda nimani tushunasiz?
9.
TMZlarning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobini
yuritish qoidalarini
izohlang.
10.
Invetnar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlarini aytib o‘ting.
341
14-BOB. INVESTITSIYALAR HISOBI
14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish
“2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da kapitalni jalb qilish hamda
korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning
muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston
Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda
rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish belgilangan.
51
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
-
mustahkam moliyaviy institutlarga qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar,
veksellar va boshqalar)
chiqarishga ruxsat berish;
-
qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli
organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini
joriy qilinishdagi rolini
kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas,
balki qimmatli
qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya
qiluvchi organ sifatida faoliyati samaradorligini oshirish;
-
qimmatli qog‘ozlarni dastlabki va qo‘shimcha
emissiya qilishni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish;
-
sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish,
sug‘urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish;
-
alohida milliy korxonalar aktsiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida
dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning
xorijiy kapital bozoriga
chiqishini ta’minlash.
Xo‘jalik subyektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o‘rtasida
investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror qabul
qilish investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun
moliyaviy investitsiyalar resurlari oqimini boshqarish
investitsiya faoliyatini
51
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 8-ilova.
342
boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida subyektni uchta izchil
bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig‘ish va to‘plash;
uni tahlil qilish;
boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish.
Investitsiya inglizcha investment so‘zidan olingan bo‘lib, sarmoya qo‘yish
degan ma’noni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi
52
Qonunining 3-moddasiga binoan,
Dostları ilə paylaş: