344
Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog‘liq risklardan kelib chiqqan
holda investitsiyalar venchur (riskli),
bevosita, portfel va annuitet kabi turlarga
tasniflanadi.
Demak, investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimol risklar ostida kapitalni
muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning hozirgi qiymatini
saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arish maqsadiga qaratiladi.
Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga
keltirish va takror ishlab
chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruktsiya
qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab
chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni),
ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini
yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va
o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini
va ishlab
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa
shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Moliyaviy investitsiyalar - xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi daromad
olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo‘ljallangan, investitsiya
qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa
naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
53
Moliyaviy sarmoya - bu sizning mablag‘ingizni katta miqdorda o‘sishi yoki
qadriga etishiga umid bilan pul qo‘ygan aktivdir. Bu g‘oya
shundan iboratki, uni
keyinchalik yuqori narxda sotishingiz yoki unga ega bo‘lganingizda pul
topishingiz mumkin bo‘ladi.
54
Joriy (qisqa) investitsiyalar - erkin sotiladigan va bir yildan ko‘p bo‘lmagan
muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog‘ozlardir, ular odatda bozor
53
12-son BHMS “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
23.12.1998 yilda tasdiqlangan. 6-bandi.
54
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 718-page, 2014
345
(likvidli) qimmatli qog‘ozlari deb ataladi.
Qisqa muddatli investitsiyalar kompaniyaning balansidagi mavjud aktivlar
bo'limida hisobning bir qismidir. Ushbu hisob kompaniyaning bir yil ichida naqd
pulga aylanishi kutilgan har qanday sarmoyani o'z ichiga oladi. Aksariyat hollarda,
bu hisoblarda qimmatli qog'ozlar va obligatsiyalar mavjud bo'lib,
ular tezkor
ravishda tugatilishi mumkin.
55
Joriy (qisqa) investitsiyalar ulushi, qarz va qimmatli qog‘ozlari bilan aks
ettirilgan bo‘lishi mumkin.
Ulushli qimmatbaho qog‘ozlar, odatda, oddiy va imtiyozli aktsiyalar bilan
ifodalanadi.
Qarz qimmatli qog‘ozlari
odatda obligatsiyalar, xazina veksellar, depozit
sertifikatlari va hokazolar bilan ifodalanadi.
Uzoq muddatli investitsiyalar - bir yildan uzoq bo‘lgan muddatda egalik
qilishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalardir. Ular
odatda investitsion portfelda ulushli (aktsiyalar) va qarz (uzoq
muddatli
obligatsiyalar) qimmatli qog‘ozlar bilan ifodalangan bo‘ladi.
Uzoq muddatli investitsiya kompaniya balansining aktiv tomonida
joylashgan bo‘lib, u kompaniyaning investitsiyasini, shu jumladan zaxiralarni,
obligatsiyalarni, ko'chmas mulkni va naqd pulni bir
yildan ortiq vaqt davomida
foydalinishi tushiladi. Uzoq muddatli investitsiya hisoboti asosan qisqa muddatli
investitsiya hisobidan farq qiladi, chunki qisqa muddatli investitsiyalar eng ko'p
sotiladigan bo'lsa, uzoq muddatli investitsiyalar hech qachon sotilmasligi
mumkin.
56
Dostları ilə paylaş: