Qimmatli qog‘ozlar
- hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan
yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz
munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni
hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish
55
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 728-page, 2014
56
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 728-page, 2014
346
imkoniyatini nazarda tutadi.
57
Investitsiya jarayonining barcha subyektlari chet ellik investorlardan
boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar
va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar.
12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya hisobining
milliy standartiga asosan qimmatli qog‘ozlar: joriy, bozor qiymatlariga ega.
Joriy qiymat - bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor, sotib olishni hohlagan
xaridor bilan xabardor, sotishni xohlayotgan sotuvchi o‘rtasida aktiv
almashtiriladigan miqdor.
Amaliyotda qimmatli qog‘ozlar bir necha ko‘rinishdagi qiymatga ega
bo‘lishi mumkin: bozor qiymati (kurs bo‘yicha), nominal qiymat, emissiya
qiymati, balans qiymati (haqiqiy tannarx), bekor qilinish qiymati, garov qiymati,
iste’mol qiymati.
Bozor (kurs bo‘yicha) qiymati - qimmatli qog‘ozning pul ifodasidagi yoki
tegishli ekvivalentlardagi (foizda nominalga nisbatan) qiymati. Bu qiymat bo‘yicha
qimmatli qog‘oz ma’lum bir belgilangan vaqt oralig‘ida ochiq bozorda sotib
oluvchi to‘lashga rozi bo‘lgan sotuvchi esa shu narxga rozi bo‘lgan narxni
bildiradi, bunda sotib oluvchi ham, sotuvchi ham mazkur bitimning ahamiyati
tomonlari bo‘yicha etarli ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Nominal qiymat - qimmatli qog‘oz blankida ko‘rsatilgan va qimmatli
qog‘ozlarning
bozordagi
aylanuviga
ahamiyatli
hech
qanday
ta’sir
ko‘rsatmaydigan qiymatdir. Bu qiymat faqat ma’lumot sifatida kapital ulushi yoki
qarzni miqdorini ko‘rsatadi.
Nominal qiymati - chiqarilgan xavfsizlikning belgilangan qiymati. Nominal
qiymat - qimmatli qog‘ozlarning blankida ko‘rsatilgan qiymatidir.
58
Emissiya qiymati - bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz birlamchi bozorda
sotiladi. Nominal va emission qiymatlar orasida farq qshmatli qog‘ozlarni
57
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (Yangi tahriri) (22.07.2008 y. N
O‘RQ-163) 3-moddasi
58
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 753-page, 2014
347
tarqatuvchm diler firmalarining xizmatlari bilan bog‘liq. Dilerlar qimmatli
qog‘ozlarni emitentdan nommnal qiymati bo‘yicha sotib oladilar va investorlar
orasida emission qiymat bo‘yicha sotadilar.
Balans qiymati - bu qimmatli qog‘ozni xarid qilishda sarf qilingan haqiqiy
xarajatlar qiymati. Bu qiymat moliyaviy hisobot hujjatlari asosida aniqlanadi.
Bekor qilish (lmkvidatsiya) qiymati - bitta qimmatli qog‘ozga to‘g‘ri
keladigan real (mavjud) mulkni haqiqiy sotuv narxdagi qismining qiymati.
Garov qiymati - bu qimmatli qog‘ozlarning qarz va kreditlar olinganda
garov sifatida hisobga olinadigan qiymati. Garov qiymati deb, asosan, qimmatli
qog‘oz garovga berilishi mumkin bo‘lgan kreditning maksimal summasiga
aytiladi.
Iste’mol qiymati - bu kurs qiymatining ortishi natijasida keltirilgan foyda.
Investor qimmatli qog‘ozlarga qilingan 21-sonli “Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarning
rejasi” buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli
qog‘ozlarni qiymatini, avvalambor, sotib olish qiymatida va sotish davrigacha
ularni narxini nominal narxgacha etkazadi. Shuningdek, hisobvaraqlaridagi
qimmatli kog‘ozlar qiymatini o‘zgarish mezonlarini aniqlab olish zarur bo‘ladi.
Ammo, 12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya
hisobining milliy standarti va 39-sonli “Moliyaviy instrumentlar” nomli xalqaro
moliyaviy hisobot standartida asosiy mezonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili
bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlarni mavjud baholardan “eng kami” va “haqiqiy bozor
qiymati” bo‘yicha hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Aktsiyalar uchun haqiqiy xarid bahosi nominal bahoga nisbatan muhimroq
ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki aktsiya, odatda, muddatsiz qimmatli qog‘oz
bo‘ladi va uning nominal qiymati - bu faqat oldindan avanslangan kapital
miqdoridir. Ta’kidlash joizki, aktsiyalarning bozor qiymati ularning emissiyasidan
keyingi emitentning nizom kapitali bilan juda ham bog‘liq emas.
Obligatsiyalarni muomalada bo‘lishi ularning nominal qiymati bilan bog‘liq,
348
negaki ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari boshqa shart-sharoitlar
o‘zgarmagan holda, masalan, emitentning barqarorligi va hokazo) uning bozor
qiymati nominalga yaqinlashib boradi. Aktsiya va obligatsiyalar uchun ikki baho
bo‘lishining muhimligini tahlil qilish va boshqarish masalalari bilan bog‘liqlik
orasidagi farq ma’lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad miqdorining
mohiyatidan iborat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida qimmatli qog‘ozlar
qiymatini uch xil bahoda ifodalash asoslangan; haqiqiy, nominal va bozor
qiymatlarida.
Korxonaning moliyaviy investitdiyalari vaqti-vaqti bilan qayta baholanishi
mumkin. Qayta baholashni o‘tkazish davri korxonaning hisob siyosati bilan
belgilanadi.
Qayta baholash natijalari, xususan, qayta baholash natijasida uzoq muddatli
moliyaviy investitsiyalarning qo‘shimcha baholanish summasi qayta baholashdan
daromad sifatida xususiy kapitalga (8510-“Mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar” schyotiga) o‘tkaziladi.
Xalqaro amaliyot qimmatli qog‘ozlar hisobi uchun ikki xil bahoni qo‘llashni
belgilab beradi: eng pastki xaqiqiy tannarx yoki bozor qiymati bo‘yicha.
Eng past qiymat bo‘yicha baholash usuli hisobida xarid qilishning xaqiqiy
qiymati yoki joriy bozor narxlarini qay biri kichik bo‘lsa, ana shunisi orqali aks
ettirishni ko‘zda tutadi. Mazkur baholash usuli ham xarid qilingan qimmatli
qog‘ozlarni nominal qiymatini aniqlash imkon bermaydi va aktsiyalarning
investorga tegishli bo‘lgan qismida emitent-kompaniyani xususiy kapital miqdorini
aniqlab bera olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |