225
dividendlarni o’tkazish uchun foydalanish mumkin emas.
11.6. Hisob-kitob va chet el valyutasi schyotlaridagi pul mablag‘lari
bo‘yicha muomalalar hisobi
Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining
mavjudligi va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110–“Hisob-
kitob schyoti”da amalga oshiriladi.
Pul o‘tkazish yo‘li bilan (naqd pulsiz) hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar:
ishlar, tovarlar, xizmatlar uchun haq to‘lash;
qarz va kreditlar;
ustav fondiga hissalar va hokazolar tarzida kelib tushadi.
naqd pul mablag‘lari hisobraqamga korxona kassasidan:
naqd pul tushumi qabul qilinganidan keyin;
ish haqini deponentlash, pul mablag‘larini hisobdor shaxslardan qaytarish
va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarda kelib tushadi.
5110–“Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo‘yicha
korxonaning hisob-kitob
schyotiga pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110–“Hisob-kitob
schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida
korxonaning hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan
summalar 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar
bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo‘yicha
operatsiyalar bank
ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks
ettiriladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100)
bo‘yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag‘larini saqlash uchun
banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi.
Korxona o‘zining hisobraqami bo‘yicha barcha operatsiyalarni shaxsiy
226
hisobvaraqning holatiga doir ko‘chirmalar yordamida tekshirishi mumkin. Bu bank
taqdim etadigan ko‘chirmaning odatdagidek qog‘oz
shakli ham, elektron hujjat
ham bo‘lishi mumkin. Korxona tanlagan bank hisobraqamiga xizmat ko‘rsatish
tizimidan qat’i nazar, ko‘chirma bank tomonidan hisob-kitob raqami bo‘yicha
operatsiyalar o‘tkazilgan har bir kun uchun qog‘oz shaklida beriladi. Bank
operatsiyalarni o‘tkazishi uchun asos bo‘lganhujjatlarning nusxalari ko‘chirmaga
ilova qilinadi.
Pul
mablag‘lari
harakatini
aks
ettirganda
buxgalteriya
hisobida
hisobvaraq
debeti
bo‘yicha
qoldiq
vakirim,
hisobvaraq
krediti
bo‘yicha
–
chiqim
hisobga
olinadi.
pul
mablag‘lari
harakatini
aks
ettirganda
buxgalteriya
hisobida
hisobvaraq
debeti
bo‘yicha
qoldiq
va kirim,
hisobvaraq
krediti
bo‘yicha
–
chiqim
hisobga
olinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi hisob-kitob schyotidan ko‘chirma
va unga ilova qilingan hujjatlarni har tomonlama tekshirgandan so‘ng, hujjatlar
qayta ishlanadi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo‘llovchi xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda hisob-kitob schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar 2-jurnal-
orderga, debeti bo‘yicha yozuvlar esa 2-vedomostga yozib boriladi. Jurnal-order va
vedomostga yozuv bankdan olingan ko‘chirma va unga
ilova qilingan hujjatlar
asosida yoziladi. Jurnal-order va vedomostning oylik jami summasi “Bosh
kitob”ga ko‘chiriladi.
18-jadval
Dostları ilə paylaş: