85
-ishlab chiqarish haqiqiy xajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan
mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega
bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi;
-mahsulot haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning
uchun ishlab chiqarilgan
barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar
haqidagi
ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan,
ishlab chiqarishdagi
ishchilarning mehnat haqi,
materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda
bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab
chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qo‘llanilib,
ulardan asosiysi 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir.
Mazkur schyot
yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidagi
so‘ng esa, 2010 schyoti kretidan 2800–“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga
o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa,
har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan
texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum
va mahsulotlardir,
ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debetida
qoldiq
siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki
normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholnishi mumkin.
Ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxini
aniqlashda quyidagi formula
foydalaniladi.
T = X + B – O
bu yerda T – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi;
X – ishlab chiqarish xarajatlari;
B – oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i;
O – oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i.