O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Sintetik va analitik (tahliliy) hisob



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

4.3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli 
tuman bo‘lib, ularni to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. 
Mablag‘larni turlari bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schyotlaridan 
foydalaniladi. Har bir schyot bir turli mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun 
belgilangandir. 
Masalan: “Kassa” schyotida faqat kassadagi pul mablag‘larining kirim-
chiqimi hisob-kitob qilinadi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkonini 
beradi. 
Demak, schyotlar yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi 
mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar 
harakati o‘lchov birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi. 
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to‘liqligini, undan 
samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik hisob 
schyotlaridan foydalanadi. 
Sintetik schyotlar
deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini 
va ular tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, pul 
o‘lchov biriligida aks ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi. Sintetik schyotlar 
orqali yuritiladigan hisob esa, 
sintetik hisob
deb ataladi. 
Analitik (tahliliy) hisob schyotlari
esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
manbalari haqidagi ma’lumotlarni alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar 
orqali ifodalaydi. Ya’ni, sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy 
qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi.
Analitik hisob schyotlari miqdori u qo‘llanayotgan korxona, tashkilot va 


64 
muassasaning iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ida ekanligi, ularning faoliyati katta 
yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik 
schyotlarni bir-biridan farqi va shu bilan birga ularni o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib 
o‘tamiz. 
Misol uchun “Yoqilg‘ilar schyoti”ni olaylik: 
Boshlang‘ich qoldig‘i 5000000 so‘m, oy davomida kirimga qabul qilingan 
yoqilg‘ilar summasi 1456000 so‘m; 
Misolimizdan ko‘rinib turibdiki, kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi 
pulda ifodalangan, lekin “Yoqilg‘ilar” schyotida uning miqdori, assortimenti, bir 
birlik mahsulot bahosi ko‘rsatilmadi. Chunki, yuqorida sintetik schyotlarda 
mablag‘lar harakati faqat pulda hisobga olinishini ta’kidlagan edik. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘larning har bir turining 
harakati alohida o‘rganilishi lozim, chunki ularni harakatini to‘g‘ri tashkil qilish 
birinchidan, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘lsa, ikkinchidan 
ularning turlari bo‘yicha mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish uchun 
etarli ma’lumot olishdir. 
Analitik hisob yordamida mol-mulk va ularning manbalari turlari bo‘yicha 
o‘rganish uchun asos yaratiladi. Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohida-
alohida yuritiladi va buning uchun maxsus analitik kartochkalardan foydalaniladi. 
Analitik kartochkaning tuzilishini yuqoridagi misol shartlaridan foydalanib 
quyidagicha ko‘rinishdagi jadvalni keltiramiz: 
9-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin