66
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri
yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va
jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir.
Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini
tekshirishda, ma’lumotlar har
oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta
obyekti bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki
hammasini
birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi
ma’lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi
aylanma
qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi.
Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari
yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan
bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
1.
Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti;
2.
Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Aylanma
vedomostlarida
obyektlarning
boshlang‘ich
qoldig‘i,
oy
davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi.
Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich
qoldiqqa debet
oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich
qoldiqqa kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi.
Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birlariga tegishli tartibda teng
keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha
boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida
keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida
bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir.
Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi
mumkin emas,
chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi.
67
Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab
shartlanadi.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida
ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari
aylanma vedomostlari
quyidagicha shaklda bo‘ladi.
10-jadval
Dostları ilə paylaş: