70
etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega.
Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir
shaxsning familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini
anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va
foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan
schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan
qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar
rejasini taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar
rejasi, ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona
umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar
rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar
miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari
hisobini ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: