O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

5.2. Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati 
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik 
jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini 
haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik 
mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil 
etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi 
boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega 
bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy 
vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki 
qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati 
bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning 
bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-
moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ 
tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ 
tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat 
o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi. 
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va 
ularninig tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va 
tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik 
faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil 
topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir. 
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan 


75 
foydalanmaslikni iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular 
baholanadi. 
Baholash
– xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul 
o‘lchov birligida aks ettirish usulidir. 
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab 
chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlarni buxgalteriya hisobida 
aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash 
usuliga kalkulyatsiyalash deb ataladi. Baholash va kalkulyatsiyalash buxgalteriya 
hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim 
umumlashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantiradigan 
tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har 
bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning 
natijalari o‘zlarining aniq ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar 
va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxonalar 
hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, 
xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks 
ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi. 
Baholash va kalkulyatsiya xo‘jalik ko‘rsatkichlarini pulda ifodalash uchun 
foydalaniladigan buxgalteriya hisobi obyektlarini pulda o‘lchash usulidir. Bu 
usuldan foydalanish tovar - pul munosabatlarining mavjudligi bilan shartlangan. 
Bunday iqtisodiyotni rivojlantirish vositasi, qurollari hisoblangan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin