76
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida
kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va
birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat
hududida
amal qilayotgan milliy valyuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar
ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir
bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs
bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-
kitob va to‘lov hujjatlarida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi,
usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMS) bilan
belgilanadi.
Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularni sotib olingan narxi yoki ishlab
chiqarish xarajatlarini baholash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
4-son BHMSga asosan tovar - moddiy qiymatliklar
tannarx bahosida
yoki sof sotish bahosida, shu baholarning qaysi biri kam bo‘lsa, shu qiymatda
baholanadi.
Sotib olingan tovar – moddiy qiymatliklarning tannarxi sotib olish
xarajatlarini, transport – tayyorlov xarajatlarini va saqlash
joylariga olib kelish
xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to‘g‘ri
ishlab chiqarish xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga
ajratma) va egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil topadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini
tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun
bevosita sarflanadigan
xodimlarning ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ustama
xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan material
xarajatlardan tashkil topadi.
Basharti, tovar - moddiy qiymatliklar shikastlangan yoki narxi pastga
77
tushgan bo‘lsa, ularni qiymatini tiklab bo‘lmaydi. Bunday hollarda tovar - moddiy
qiymatliklar sotish bahosida baholanadi.
Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo‘jalikda ko‘proq yig‘ilib
qolgan va aylanishi sekinlashgan hollardagina moliyaviy
hisobotda aktivlar
sotilishidan kutilayotgan summani ko‘p ko‘rsatmaslik uchun ularning qiymati
pasaytiriladi.
To‘liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom-
ashyolardan tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor (joriy)
baholarda sotiladigan bo‘lsa, bunday tovar - moddiy qiymatliklarning qiymati sof
bozor bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu bilan buxgalteriya
hisobini yuritishda
muhimlilik tomoyillari ta’minlanadi.
Asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarishda
dastlabki qiymati
(Boshlang‘ich qiymat) bilan birga
Dostları ilə paylaş: