qoldiq
va
tiklash qiymati
bo‘yicha hisobga
olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki
qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun
qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy
tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga
o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari 5-son“Asosiy vositalar”
nomli BHMSda belgilangan (O‘zR MVning 114-sonli buyrug‘i 9.10.2003 y., O‘zR
AVda 20.01.2004 y. 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni),
shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga
keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish,
ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy
vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda
qilingan xarajatlarning qiymati.
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni
ularni sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha
78
qabul qilinadi:
a) korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar –
tomonlarning kelishuvi bo‘yicha;
b) korxonaning o‘zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va
shaxslardan sotib olinganda – barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish va h.k.) yoki
ushbu obyektlarni sotib olish bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan
holda, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda
tashib keltirish, montajlash, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivni ishchi holatiga
keltirish bilan bog‘liq istalgan boshqa xarajatlarni ham qo‘shgan holda;
c) boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat organlarining
subsidiyasi sifatida olinganda – kirim qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul
qilish – topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha baholanadi.
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha
aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi,
mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki
majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa.
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan
holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati.
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan
xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy
vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni (hozirgi baholarda,
zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish qiymati. Bu qiymati asosiy
vositalarning qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha qurish,
qo‘shimcha jihozlash, rekonstruktsiyalash va qisman tugatish hamda qayta
baholash
hollarida
ruxsat
etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 31.12.2001 y. 490-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil
uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari
79
to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik
shaklidan qat’iy nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni ularning
qiymatini joriy baholarga muvofiqlashtirish uchun qayta baholaydilar. Qayta
baholash natijasida asosiy vositalarning oshgan (pasaygan) summasi 0100 “Asosiy
vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0110-0190) debeti(krediti) bo‘yicha 8510
“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bilan
korrespondentsiyalanadi.
Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valyutasida aniqlangan asosiy
vositalarni baholash chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Bankining, korxona tomonidan asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda
bo‘lgan kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan
(baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning
boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi.
Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) shikastlanganda, qisman yoki butunlay
eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv
narxi pasaygan xolatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z tannarxidan past bahoda
realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin.
Sof realizatsiya qiymati
-
tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni
sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
Tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor
mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ
yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini
hisoblash sharti bilan hisobga olinadi.
4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar
hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi
tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006 y. tasdiqlangan, O‘zR AV
1595 raqam bilan 17.07.2006 y. ro‘yxatga olingan):
80
13-rasm.
Dostları ilə paylaş: |