O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Ishlab chiqarish jarayonining hisobi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

5.4. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi 
Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor mahsulot 
yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar 
qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomda keltirilgan.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010–
“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab 
chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi:


85 
-ishlab chiqarish haqiqiy xajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan 
mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega 
bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi;
-mahsulot haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan 
barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar 
haqidagi 
ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi 
ishchilarning mehnat haqi, materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda 
bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab 
chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qo‘llanilib, 
ulardan asosiysi 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir. Mazkur schyot 
yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidagi 
so‘ng esa, 2010 schyoti kretidan 2800–“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga 
o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa, 
har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan 
texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, 
ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debetida 
qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki 
normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholnishi mumkin.
Ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi formula 
foydalaniladi. 
T = X + B – O
bu yerda T – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi;
X – ishlab chiqarish xarajatlari;
B – oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i; 
O – oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i.


86 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin