87
davrining oxirida olingan daromadlar
xarajatlar bilan taqqoslanib, realizatsiya
natijalari aniqlanadi.
Sotish
jarayonida
ishlab
chiqarishda
tayyorlangan
mahsulotlarni
realizatsiyasi ro‘y beradi, uning hisobini yuritish uchun 9000–“Asosiy faoliyatdan
olingan daromadlar” schyoti mo‘ljallangan.
Mahsulotni sotishdan olingan daromadni hisobi 9010 schyotda,
tovarlarni
sotishdan olingan daromadlarni hisobi 9020 schyotda, ishlarni bajarish va xizmat
kursatishdan olingan daromadlarning hisobi esa, 9030 schyotda hisobga olinadi.
Sotilgan tayyor mahsulotlarni tannarxini hisobini yuritish uchun 9110
schyot, sotilgan tovarlarning tannarxini hisobini yuritish uchun 9120 schyot,
bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxini
hisobini yuritish uchun esa, 9130
schyotlar mo‘ljallangan.
Masalan, tayyor mahsulot xaridorlarga jo‘natildi, ya’ni sotildi:
Debet 4010–“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”.
Kredit 9010–“Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”.
Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxini hisobdan chiqarilishi esa,
quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali aks ettiriladi:
Debet 9110–“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”.
Kredit 2810–“Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
Mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlanishi 9910–“Yakuniy
moliyaviy natija” schyoti orqali amalga oshiriladi:
Debet 9910–“Yakuniy moliyaviy natija”.
Kredit 9110–“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”.
Bir vaqtning o‘zida:
Debet 9010–“Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”.
Kredit 9910–“Yakuniy moliyaviy natija”.
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, 9910–“Yakuniy moliyaviy natija”
schyoti yordamida mahsulotni sotishdan olingan
daromad va shu mahsulotning
tannarxi solishtiriladi. 9910 schyotning kredit qoldig‘i foydani, debet qoldig‘i esa,
88
zararni bildiradi.
Korxonalarda tayyor mahsulotdan tashqari asosiy vositalar, valyuta
mablag‘lari,
materiallar, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa aktivlar ham sotilishi
mumkin. Ushbu sotish jarayonlarining hisobi 9210–“Asosiy vositalarning chiqib
ketishi”, 9220–“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotlarida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan olingan foydaning hisobi 9310-schyotda,
boshqa aktivlarni sotishdan olingan foydaning hisobi esa, 9320-schyotda yuritiladi.
Sotish jarayonining xususiyati shundan iboratki, uning ro‘y berishi natijasida
sotilgan aktivlarning o‘rniga korxonga pul mablag‘ining kirimi amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: