98
Belgi rekvizitlari
hisob ob’etlarini (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar b.)
aks ettiradi.
Mazmun rekvizitlari
hisob obyektining tavsifini ochib beradi (ulchovi,
navi, xajmi va b.).
Ahamiyatliligi bo‘yicha
rekivizitlar majburiy va ko‘shimcha
rekvizitlarga bo‘linadi. Majburiy rekvizitilar har bir dastlabki hujjatda bo‘lishi
shart.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunga binoan dastlabki hujjatlarning
zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
korxonaning nomi;
hujjatning nomi va nomeri, uning tuzilishi sanasi hamda joyi;
xo‘jalik muomalalarini nomi, mazmuni va miqdoriy o‘lchovi (natura va
pul ko‘rinishida);
ma’suliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi
to‘g‘risida”gi qonuning 6-moddasiga muvofiq
elektron hujjatning majburiy
rekvizitlari
quyidagilardan iborat:
elektron raqamli imzo;
elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron
hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.
Zarur hollarda hujjatlarga
Dostları ilə paylaş: