102
qabul qilingan hujjatlar buxgalteriyada qayta ishlanadi.
17-rasm.
Hujjatlarni buxgalteriyada qayta ishlash bosqichlari
Hujjatlarni guruhlash
- bu ularni mazmuniga ko‘ra bir xil guruhlarga
to‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi.
Bu esa guruhlangan ma’lumotlarni ishlatishni ancha osonlashtiradi.
Guruhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha ma’lum
davr uchun yig‘ma (umumlashgan) ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Shu bilan
birga dastlabki hisobni yuritish ham soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga
doir hujjatlar har bir nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo‘yicha; kassa
hujjatlari pul mablachlarining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k.
guruhlanishi mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki guruhlovchi
vedomostlarda amalga oshiriladi.
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib
tushishiga qarab to‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli ko‘rsatkichlar
bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan mahsulotlarni xaridorlar
bo‘yicha jo‘natish jamlama vedomosti.
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik
muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish uchun tuziladi. Ular
ma’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan ma’lumotlarni o‘tkazish bilan bir
vaqtda to‘ldiriladi. Masalan, butun korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va
ushlanmalar turlari bo‘yicha guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka qilish
ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat
o‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg, dona va h.k.)
ifodalangan bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga ko‘paytiriladi.
Dostları ilə paylaş: