109
masalalari,
shuningdek, me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy
boyliklarni sotish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- quyidagi hollarda:
a)
xo‘jalik
yurituvchi
subyekt
rahbarining
buyrug‘iga
muvofiq
inventarlashni o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar,
pul mablag‘lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
c) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari
(turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.)
ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
d) belgilangan tartibga muvofiq inventarlash materiallari to‘g‘ri va o‘z
vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
Inventarlash komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar
kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida
ro‘yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri
ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga
muvofiq javobgarlikka
tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin
inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim
hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi
hisobotlarni olishi kerak.
Inventarlash komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-
chiqim hujjatlariga “inventarlashgacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza
qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarlashni
boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib
xizmat qilishi
kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar mol-mulkka doir
barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular
javobgarligiga kelib tushgan barcha boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa
110
chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni sotib
olishga hisobot beriladigan summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari
bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
Inventarlashni o‘tkazish oldidan ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga
buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarlash komissiyasi
ishlaydigan butun ish vaqtida plombir komissiya raisida saqlanadi).
Buyruqda
inventarlashni o‘tkazishga doir ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarlash bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy
boyliklar saqlanayotgan xona inventarlash komissiyasi ketayotganida muhrlanishi
kerak. Inventarlash komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda,
boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarlash o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi
yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar,
xo‘jalik, savdo korxonasi,
omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari)
albatta ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Inventarlash paytida boyliklarning mavjudligi albatta sanash, tarozida
tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va
tovarlar bo‘yicha ushbu boyliklar miqdori istisno
tariqasida hujjatlar asosida,
ushbu boyliklar bir qismini albatta naturada (tanlab olib) tekshirish bilan
aniqlanishi mumkin. Qoplanmagan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash
va
texnik
hisob-kitoblar
asosida
aniqlashga
yo‘l
qo‘yiladi;
o‘lchash
dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan
ko‘p miqdordagi tovarlar inventarlanganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi
inventarlash komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi.
Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari
solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarlash ro‘yxatiga qayd etiladi.
Tarozida
tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi.
Inventarlanadigan boyliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori
111
ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida
ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarga ishchi inventarlash komissiyasining barcha a’zolari va moddiy
javobgar shaxslar imzo chekadilar. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar
komissiya boyliklarni ularning hozirligida tekshirganini, komissiya a’zolariga
nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda
sanalgan boyliklar
mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar.
Boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish paytida moddiy javobgar
shaxslar o‘zgargan taqdirda boyliklarni qabul qilgan shaxs inventarlash
ro‘yxatlariga ularni olganligi, topshirgan shaxslar
esa ularni topshirganligi
xususida imzo chekadilar.
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda joylashgan boyliklarga alohida
ro‘yxatlar tuziladi.
Inventarlash paytida inventarlash bo‘yicha birlamchi hisob hujjatlarining
tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanilishi kerak.
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik
o‘simliklar, ko‘chatzorlar inventarlanganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun
tasdiqlangan ro‘yxat shakllari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: