O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Inventarlashni boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur: 
- inventar varaqchalari, inventar daftarlari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va 
qanday holatdaligi; 
- texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va qanday 
holatdaligi; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha 
foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarga doir hujjatlarning 
mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini 
ta’minlash zarur. 
Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar, yoxud 
noaniqliklar topilgan taqdirda ularga tegishli tuzatishlar va aniqlashtirishlar 
kiritilishi kerak. 
Asosiy vositalarni inventarlashdan o‘tkazayotganda komissiya majburiy 
tartibda obyektlarni naturada ko‘zdan kechiradi va inventarlash ro‘yxatlariga 
ularning to‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish 
ko‘rsatkichlarini qayd etadi. 
Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek, hisob registrlarida ularni 
tavsiflaydigan ma’lumotlar bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan 
obyektlar aniqlangan taqdirda komissiya inventarlash ro‘yxatiga ana shu obyektlar 
bo‘yicha etishmaydigan yoki to‘g‘ri ma’lumotlarni va texnik ko‘rsatkichlarni 
kiritishi kerak, masalan: binolar bo‘yicha - ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy 
materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali 
maydoni), qavatlar soni (yerto‘la, yarim yerto‘la va hokazolarsiz), qurilgan yili va 
hokazolar; kanallar bo‘yicha - uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi bo‘yicha), 
sun’iy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, ko‘priklar bo‘yicha - 
joylashgan yeri, materiallar turi va asosiy o‘lchamlari; yo‘llar bo‘yicha - yo‘l turi 
(tosh yo‘l, profilli yo‘l), uzunligi, qoplash materiallari vamashina qatnaydigan eni 
va hokazolar ko‘rsatilishi kerak. 


119 
Inventarlashda aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy 
qiymat bo‘yicha o‘tkazilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati 
bo‘yicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli 
dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak. 
Inventarlash komissiyasi inventarlash vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan 
obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish 
xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks 
ettirishi shart. 
Foydalanishga yaroqsiz va tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalar inventarlash 
ro‘yxatiga kiritilmaydi. Ana shu obyektlarga inventarlash komissiyasi alohida 
ro‘yxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz 
holga keltirgan sabablar (shikastlanish, to‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatiladi. 
Bunday obyektlarni hisobdan chiqarish umumiy belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Nomoddiy aktivlarni inventarlaganda quyidagilar tekshirilishi zarur: 
tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning 
mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi. 
Kassa inventarlanganda pul mablag‘lari va kassada bo‘lgan boshqa 
boyliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qat’iy hisobdagi blanklar ham 
tekshiruvdan o‘tkaziladi. 
Kassada pul mablag‘larining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda 
pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga qabul qilinadi. 
Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldig‘iga 
kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli 
bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklar borligi to‘g‘risidagi bayonotlari 
e’tiborga olinmaydi. 
Naqd pul mablag‘larini inventarlash dalolatnomasida boyliklar qoldig‘i 
inventarlash kunida naturada va hisob ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatiladi va 
inventarlash natijasi belgilanadi. 


120 
Qat’iy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari 
bo‘yicha u yoki bu blanklarning boshlang‘ich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan 
holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus ro‘yxat bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Banklar bilan ssudalar bo‘yicha, byudjet, xaridorlar, mol yetkazib 
beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa 
debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash tegishli hujjatlar bo‘yicha 
qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qayd etilgan 
summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va 
kreditorlar hisobvaraqlari bo‘yicha qarzlarning paydo bo‘lishi, ularning realligi va 
shunday bo‘lgan taqdirda, da’vo etish muddatlarini o‘tkazib yuborishda aybdor 
shaxslarni aniqlaydi. 
Solishtirish qaydnomalari inventarlash paytida hisob ma’lumotlarida 
tafovutlar aniqlangan boyliklar bo‘yicha tuziladi. 
Solishtirish qaydnomalarida inventarlash natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va inventarlash ro‘yxatlari (dalolatnomalari) 
ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi. 
Ortiqcha va kam chiqqan tovar-moddiy boyliklarning qiymati solishtirish 
qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi. 
Inventarlash natijalarini rasmiylashtirish uchun yagona registrlar qo‘llanishi 
mumkin, ularda inventarlash ro‘yxatlari (dalolatnomalari) va solishtirish 
qaydnomalarining ko‘rsatkichlari birlashtiriladi. 
Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan 
(mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) 
boyliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi. 
Solishtirish qaydnomalari hisoblash va boshqa texnika vositalaridan 
foydalanib, shuningdek, qo‘lda tuzilishi mumkin. 
Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning 
haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha 


121 
tartibga solinadi: 
- ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va 
boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo‘jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy natijalariga yoki byudjet tashkilotini moliyalashni (fondlarni) 
ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor 
shaxslar aniqlanishi kerak; 
- belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo‘qolishi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish va 
muomala chiqimlariga yoki byudjet tashkilotini moliyalashni (fondlarni) 
kamaytirishga hisobdan o‘chiriladi. Yo‘qolish me’yorlari haqiqatda kamomad 
aniqlangan taqdirdagina qo‘llanishi mumkin. 
Bunda belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo‘qolishi boyliklar 
kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach 
belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga 
ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud 
bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi 
bo‘yichagina qo‘llanishi mumkin. 
Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlardan ortiqcha 
kamomad sifatida qaraladi; 
- yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, 
boyliklar buzilishidan ko‘rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi. 
Suiiste’molliklar oqibati bo‘lgan kamomad va talafotlar aniqlanganda 
tegishli materiallar kamomad va talafotlar aniqlangandan so‘ng 5 kun davomida 
tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va talafotlar summasiga 
esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi; 
- boyliklarning yo‘qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar 
me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari 
aniqlanmagan hollarda, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar 


122 
tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki 
byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etilishi mumkin. 
Bunda boyliklarning yo‘qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar 
me’yorlaridan ortiqcha kamomadini hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun 
taqdim etiladigan hujjatlarda ana shunday kamomad va talafotlarning oldini olish 
bo‘yicha qabul qilingan choralar ko‘rsatilishi kerak. 
Boyliklar buzilishi fakti to‘g‘risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki 
sifat bo‘yicha tegishli inspektsiyalardan olinishi kerak. 
Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi va buzilishini 
hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov 
yoki sud organlarining aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor 
shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan qarorlari yoki texnik nazorat bo‘limi yoki 
tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha inspektsiyalar va 
hokazolardan) olingan boyliklar buzilishi fakti to‘g‘risida xulosa bo‘lishi kerak. 
Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning 
o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina 
tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va 
ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l 
qo‘yilishi mumkin. 
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar 
ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar. 
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda 
hosil bo‘lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday 
farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida mufassal tushuntirish berilishi kerak. 
Inventarizatsiyalash paytida inventarizatsiyalash bo‘yicha boshlang‘ich 
hisob hujjatlarining tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanadi. Ularni 19-son 
BHMS ilovalaridan olish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin